Ijtimoiy tarmoqlar

2024-yil 11-iyun kuni Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti, Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari, kafedraning professor-o‘qituvchilari hamda Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi boshlig‘i A.Mirkomilov birgalikda  "MEP Group" ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.

"MEP Group" guruh kompaniyalariga quyidagi sanoat polimerlari asosida maxsus mikro va nanokompozitsiya materiallari ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi dinamik rivojlanayotgan ishlab chiqarish korxonalariga kiradi. Ushbu korxona ishlab chiqarish korxonasi yuqori sifat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiyadan o‘tgan labaratoriyasiga ega. Mahsulot sifatini nazorat qilish ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi bo'lib, uni ishlab chiqarish jarayonida nuqsonlarni aniqlash va ishonchliligini tekshirishga qaratilgan.

"MEP Group" ishlab chiqarish korxonasini bosh direktor Xusniddin Shaxobiddinov tanishtirib chiqdi. Tanishtiruvdan so‘ng har bir bitiruvchi bilan birgalikda shaxsan bosh direktor Xusniddin Shaxobiddinovning o‘zi boshlang‘ich suhbat olib bordilar.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "MEP Group" ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha boshlang‘ich kelishuvlar bo‘lib o‘tdi.