Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kengash a'zolari ishtirok etishdi.
Yig'ilish avvalida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda qo'shgan xissasi uchun "Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi katta o'qituvchisi Farrux Erkinov Toshkent shahar hokimi tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.
Shundan so'ng kun tartibidagi masalalar muhokama etildi. Jumladan: O'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarovning 2023-2024 o‘quv yilida olib borilgan o‘quv jarayoni hisoboti tinglandi.
Yig'ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari” yuzasidan 2024 yil 20 iyunda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan soha yo'nalishlari bo'yicha prorektorlar hisobotlari tinglandi. Shuningdek turli masalalar muhokama etildi.