Vazirlik tizim tashkilotlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari, oliy ta`lim tashkilotlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 04-03/1-03/6-3536-sonli xatiga asosan 2025-yil 22-aprel kuni respublikamizda “Xalqaro yer kuni” nishonlanishi rejalashtirilgan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedrasida ham 2025-yil 22- aprelda “Xalqaro yer kuni”ga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi. Tadbirda “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi professor-o`qituvchilari hamda Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta`lim yo`nlaishi talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda kafedra mudiri F.B.Igitov so`zga chiqib, Yer sayyorasini asrashga qaratilgan ma`lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etish hamda xalqaroi eko diktantlar, esse, insholar tanlovi haqida ma`lumotlar bedilar.
“Sanoat ekologiyasi” kafedrasi dotsenti Niyazova M.M so`zga chiqib “Xalqaro yer kuni” ga bag`ishlangan tadbirda talabalarga BMT tomonidan 1970-yil 63-sessiyasida yer haqidagi muammolar ko`tarilgani va butun dunyo davlat rahbarlari bunga jalb qilingani haqida ta`kidlab o`tdilar.
Tadbir so`ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi