Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 15-iyun kuni navbatdagi loyiha –“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda “R&D tadqiqotlar markazi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori professor Usmonov Botir Shukurillayevich, "Silikat materiallar va nodir metallar texnologiyasi" kafedrasi mudiri Aripova Mastura Hikmatovna, Savdo-sanoat palatasi, O‘zsanoatqurilishbank masʼullari, olimlar, tadqiqotchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadqiqotlar markazini tashkil etishdan asosiy maqsad – ishlab chiqarish korxonalari hamda soha olimlarini bir – biriga yanada yaqinlashtirish, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining asoslangan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish alohida eʼtibor qaratish, shuningdek, “Innovatsion aktiv korxona”lar yaratishdan iborat.