Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari “Basalt O‘zbekiston” sanoat klasteri va “Jizzax akkumulyator” zavodida ishlab chiqarish mutaxassislari bilan hamkorligda ilmiy va innovatsion tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning mazmuni va ahamiyati  

Kimyoviy injiniring fakultetining “Kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq “Basalt O‘zbekiston” sanoat klasteri bosh direktori A.A.Abdusattorov hamda Jizzax AZ ning rahbarligi bilan o‘tkazilgan muhim davra suhbatida Tadbirda ilmiy-tadqiqot ishlari va sanoat korxonalari rivoji uchun yangi istiqbollari tadqiqot ishlarini belgilashga qaratilgan masalalar batafsil muhokama qilindi. Bu jarayonda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Jizzax politexnika institutining bir guruh professor o‘qituvchilari Nurullayev Shavkat Payziyevich, Eshmetov Rasulbek Jumyazovich, Qurbonov Jahongir Xodjiyevich, Ibragimov Tohirbek Egamshukurovich, Ro‘zmatov Ikrom, Umarov Shavkat Isomiddinovich, Ismoilov Akmal Abduvaxobovich kabi professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan tadbirda quyidagi muammolar muhokama qilingan:

1. Oqova suvlarni utilizatsiya qilish texnologiyasini yaratish:

- sanoat korxonalarining ekologik xavfsizligini ta‘minlash, 

- atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, 

- resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutadi.

Tadbir davomida oqova suvlarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha taklif etilgan innovatsion yondashuvlar, shu jumladan, yangi kimyoviy reagentlar va zamonaviy uskunalardan foydalanish masalalari batafsil tahlil qilindi. 

2. Kimyo kafedrasi professori Nurullayev Shavkat Payziyevich tomonidan xom ashyo importiga bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan loyiha taqdim etildi. Ushbu loyiha doirasida:  

- mahalliy xom ashyolardan samarali foydalanish,  

- sanoat korxonalarining importga qaramligini qisqartirish,  

- ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida “Basalt O‘zbekiston” sanoat klasteri bosh direktori A.A.Abdusattorov loyihalarni zavod mutaxassislariga muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tegishli ko‘rsatmalar berdi hamda TKTIning ilmiy ishlanmalarini “Basalt O‘zbekiston” sanoat korxonasida amaliyotga joriy etish va TKTI, JPI bilan hamkorlikni rivojlantirish va texnologik yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi kelishuvlarni amalga oshirishiga ishonch bildirdi.