Ijtimoiy tarmoqlar

Mahallamiz yoshlari uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti doimo ochiq

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hududida joylashgan mahalla yoshlari bilan hamkorlikda ko'plab turli tadbirlar va ko'rik-tanlovlari o'tkazib borish an'anaga aylangan. Jumladan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar bilan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, mahalla yoshlari o'rtasida zakovat intellektual o'yinlari, sport musobaqalari va kitobxonlik tanlovlari doimiy o'tkazilib kelinmoqda.

Bundan tashqari institutimizda futbol maydonlari, sport zal hamda kutubxonalarida mahalla yoshlari foydalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo'lib, deyarli har kuni mahallamiz yoshlari bunday imkoniyatdan unumli foydalanib kelmoqdalar.