Ijtimoiy tarmoqlar

Samarqandda “Global ta’lim” forumi hamda "Islom hamkorlik tashkiloti" forumi bo'lib o'tmoqda.

“TOP-500” reytingdagi oliygohlar ishtirokidagi Global ta’lim forumi hamda Islom hamkorlik tashkiloti forumi 27-iyun kuni Samarqand shahridagi Boqiy shahar majmuasida hamda 28–29-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bugun ushbu forumning ochilish marosimida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich hamda Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Saidumarxon Saidaxmadov ham ishtirok etmoqda.

Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan “Global taʼlim forumi”ni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berdi. Ushbu forum, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq vakillarini, shu jumladan 250 nafar yosh talabalar va tadqiqotchi olimlarni, yetakchi jahon ekspertlari, akademik liderlar va turli davlatlar vakillarini birlashtirmoqda.