Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Inno innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki “Inno Texnopark” o'rtasida oʻzaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.

 2024-yilning 9-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Xayrulla Pulatov hamda Inno innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki “Inno Texnopark” bosh direktori M.Q.Sultonov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Inno innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki “Inno Texnopark” o'rtasida oʻzaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.

Memorandum Zamonaviy axborot va pedagogik texnologiya muammolarini yechish, kadrlar tayyorlash, hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish sohasida axborot va ish tajribasini oʻzaro almashish va boshqa hamkorliklarni o'z ichiga oladi.