Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan munozara debati tashkil etildi.

Ushbu munozara debatida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi G.Aripova, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultet dekani U.Baltabayev, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Buyuk ajdodimiz asarlaridagi taʼlim-tarbiya, odob-axloq qoidalari, insonparvarlik, insoniy qadriyatlar kabi mavzular to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.