Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Eng yaxshi g'oya", "Eng yaxshi loyiha", "Eng yaxshi ixtiro" hamda "Innovator ayol" Start up loyihalar tanlovi bo'lib o'tdi.

2025-yilning 5-6-fevral kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi bilan hamkorlikda “Eng yaxshi g'oya", "Eng yaxshi loyiha", "Eng yaxshi ixtiro" hamda "Innovator ayol" Start up loyihalar tanlovi bo'lib o'tdi. 

Ushbu tanlovda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov, Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i A.B.Kamolov, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i N.N.Xodjayeva, Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.Normatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tanlovda start-up loyihalarni baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Biznes inkubator va startaplar bilan ishlash markazi rahbari v.v.b. Usmanov Gafurjon Shavkatovich va Ilmiy tadqiqot va grantlar bo‘limi boshlig‘i Kasimov Ikboljon Ilxomjon o‘g‘li va Shoxrux Egamnazarov, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Muxtarov Behzod Adil o‘g‘li va Boboqulov Shaxrillo Sharof o‘g‘li tashrif buyurishdi. 

Tanlov 6-fevral kuni ham davom etadi.

2025-yilning 5-6-fevral kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi bilan hamkorlikda “Eng yaxshi g'oya", "Eng yaxshi loyiha", "Eng yaxshi ixtiro" hamda "Innovator ayol" start up loyihalar tanlovi bo'lib o'tdi. 

Ushbu tanlovda institut Akademik faoliyat bo'yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov, Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i A.B.Kamolov, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i N.N.Xodjayeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tanlovda start-up loyihalarni baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Biznes inkubator va startaplar bilan ishlash markazi rahbari v.v.b. Usmanov Gafurjon Shavkatovich va Boboqulov Shaxrillo Sharof o‘g‘li tashrif buyurishdi. 

Ishtirokchi talabalar o'zlari tomonidan tayyorlangan start-up loyihalarni hakamlar hayatiga taqdim qilishdi va taqdimotlari bilan loyihalari mazmuni haqida batafsil ma'lumot berishdi. Loyihalar hakamlar xayati tomonidan tinglanib, kamchiliklari va yutuq tomonlari aytib o'tildi.

Tanlov natijalari tez orada e'lon qilinadi