O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalarining iqtidorini namoyish etish va rivojlantirish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Robototexnika, Sun'iy intellekt, Dronlar va Kiberxavfsizlik yo'nalishlarida eng yaxshi start-up loyihalar "Oliygoh kubugi" bo'lib o'tdi.
Tanlovni institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Ushbu tanlovlar yoshlarni muhandislik sohasiga keng jalb qilish, ularning amaliyotga yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, mazkur yo‘nalishda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.