2024-yilning 25-iyun sanasida "Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida, prorektorlar, fakultet dekanlari va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi. Matbuot anjumaniga 10dan ortiq teleradiokanallar, internet saytlari hamda gazetalardan jurnalist va blogerlar tashrif buyurdi.
Dastavval Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va Toshkent kimyo-texnologiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan ustuvor vazifalari hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi, shundan so'ng qabul komissiya mas'ul kotibi Kadirov Ulug'bek Ravshanovich Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlaridagi asosiy o‘zgarishlar va Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Matbuot anjumani davomida, jurnalist va blogerlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga spikerlardan atroflicha javob oldilar.
Ma'lumot uchun Toshkent kimyo-texnologiya institutida 5 ta fakultet, 24 ta kafedra faoliyat yuritadi. 31 ta bakalavriat yo‘nalishi va 30 ta magistratura mutaxassisligi mavjud hamda hozirgi vaqtda 8404 nafar (bakalavriat kunduzgi 4479 nafar, kechki 81 nafar, sirtqi 3511 nafar, qo‘shma ta’lim 218 nafar, magistratura 115 nafar) talaba tahsil olmoqda.
Institutda asosiy shtatda 347 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borib, ulardan, 197 nafari ilmiy daraja va unvonga ega xodimlardir. Shundan, 50 nafari fan doktori (jumladan, DSc), professorlar, 147 nafari fan nomzodi (jumladan, PhD), dotsentlar bo‘lib ilmiy salohiyat 56,7% ni tashkil etadi.