Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohalariga mos bakalavriat yo‘nalishlariga suhbat asosida o'qishga qabul qilish bo'yicha imtihon jarayonlari bo'lib o'tdi.

Xabar berganimizdek bugun, 2024-yil 14-avgust kuni Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institut mas'ullari, vazirlik, korxona va tashkilotlardan tashrif buyurgan komissiya a'zolari ishtirok etishdi. Imtihon jarayonlarini institutimiz rektori B.Sh.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng imtihon savollari xolislar ishtirokida ochildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib o'tgan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohalariga mos bakalavriat yo‘nalishlariga suhbat asosida o'qishga qabul qilish bo'yicha imtihon jarayonlaridan lavhalar.