Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instiututi delegatsiyasi 1-5-iyul kunlari Polshada seminarda ishtirok etdilar.

2024-yil 1-5-iyul kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori X.L.Pulatov, „Analitik, fizik va kolloid kimyo‟ kafedrasi prfoyessori Sh.P.Nurullayev, „Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi‟ kafedrasi dotsenti O.Yu.Aripdjanovlar Polshaning Sileziya texnologiya universitetiga tashrif buyurishdi. 

Polshaning Glevitse shahrida joylashgan Sileziya texnologiya universiteti taklif xatiga binoan ushbu universitetda tashkil etilgan ERASMUS+ KA171 ning 2022-1PL01-KA171-HED-000074298 (Yevropa hamkorligi va hamkor davlatlar talabalari va oʻqituvchilari mobilligi) loyihasi doirasida „To Bee Eco in a Post-industrial Environment International Staff week‟ xalqaro oʻquv haftaligida ishtirok etildi.

Ushbu xaftalik doirasida 10 dan ortiq davlatlardan professor-oʻqituvchi va xodimlar tashrif buyurishgan boʻlib, 5 kun davomida universitetning tajribali professorlari tomonidan oʻquv mashgʻulotlari va seminarlarni oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari tashkilotchilar tomonidan  Zabrze shahridagi „Queen Louise Adit‟ deb nomlangan koʻmir konidagi „Suvni boshqarish tizimi‟ga tashrif buyurildi.

Universitetga tashrif davoida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Sileziya texnologiya universiteti oʻrtasidagi hamkorlik Memorandumini yangilash, kelajakdagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Professor Janusz Wojciek va doktorantlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Shuningdek, professr Janusz Wojciek ga Toshkent kimyo-texnologiya isntituti Kengashi qarori bilan „Faxriy professor‟ diplomi tantanali topshirildi.

Haftalik soʻngida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.