Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Janubiy Koreya Respublikasining yetakchi kompaniya vakillari tashrif buyurdi.

2024-yilning 12-iyun sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati hamda Janubiy Koreya Respublikasining Giant Chemical kompaniyasi va KITECH mas'ullari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, "Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi mudiri Aripova Mastura Hikmatovna, kafedra katta o'qituvchisi Farrux Erkinov, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Saidumarxon Saidaxmadov hamda Janubiy Koreya Respublikasining Giant Chemical kompaniyasi va KITECH mas'ullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda avval kelishilgan ishlarni yana jadallashtirish, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va sanoat texnologiyalari sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikda ilmiy loyihalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Janubiy Koreya Respublikasining Koreya sanoat texnologiyalari instituti va Giant Chemical kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.