Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Jamoatchilik va ekologik nazoratini amalga oshirishda, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining roli va vazifalari”  mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Tosasi Toshkent shahar Kengashi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Toshkent shahar bosh boshqarmasi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi va Taraqqiyot strategiyasi markazi hamkorligida “Jamoatchilik va ekologik nazoratini amalga oshirishda, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining roli va vazifalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda Institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor X.L.Pulatov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Sanoat ekologiyasi kafedrasi mudiri F.B.Igitovlar ishtirok etishdi.