Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Janubiy Koreyadan delegatsiya tashrif buyurdi.

 2024-yilning 29-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Janubiy Koreyadan tarkibida Ulsan texnoparki prezidenti Cho Yong Shin, Kimyoviy departament direktori Kim Il Xvan, ta'minot bo'limi boshlig'i Le Xoyut bo'lgan delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig‘i Babaxanova Zebo Abdullayevna "Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi mudiri Aripova Mastura Hikmatovna, kafedra Dotsenti Farrux Erkinov, Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i Saidumarxon Saidaxmadovlar ishtirok etishdi.

Ulsan texnoparki delegatsiyasi bilan uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Shukurillaevich Usmonov institutning ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston sanoati va korxonalari bilan hamkorlik darajasi haqida ma’lumot berdi. Chirchiq va Jizzax texnoparklari, shisha va keramika korxonalari bilan hamkorlik qilish, Koreya texnoparklari misolida ilg‘or tajribalarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv so'ngida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Ulsan texnoparki oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumlari, shuningdek, TKTI "Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi va Ulsan texnoparki oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi.