Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Slovakiya Respublikasining Bratislava iqtisodiyot va menejment universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi.

2024-yilning 11-noyabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Slovakiya Respublikasining Bratislava iqtisodiyot va menejment universiteti rektori Prof. L'ubos Cibák va universitet prorektori Prof.Michal Fabus tashrif buyurdilar. Ular bilan institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti Z.A.Babaxanova, Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i S.S.Saidaxmadov, Sanoat muhandisligi va menejment fakulteti dekani Sh.Jalilovlar uchrashdilar.

Uchrashuvda Slovakiya Respublikasining Bratislava iqtisodiyot va menejment universiteti bilan Saonat menejmenti, Iqtisodiyot va boshqa mos ta’lim yo'nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek hamkorlik memorandumiga asosan talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yishga kelishildi.

Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Bratislava iqtisodiyot va menejment universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.