Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida ekologiya va atrof-muhit muhofazsiga bag'ishlangan ilmiy-texnikaviy anjuman bo'lib o'tdi.

2024-yilning 25-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishdagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar " mavzusidagi Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiya bo'lib o'tdi. Mazkur konferensiya Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan O'zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aminov Nosirjon Hasanboyevich, O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o'rinbosari Xofizov Bahriddin Turdiyevich, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Akademik faoliyat bo'yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutfullayevich, "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi mudiri Igitov Farux Baxtiyorovich, institutning professor-o'qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Anjuman davomida ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan omillar va mavjud muammolarning ilmiy yechimlari tog'risida fikr-mulhozalar bildirildi.

Xususan, ishlab chiqarish korxonalarining oqova suvlarini qayta tozalash orqali suv resurslaridan samarali foydalanish, ishlatilgan motor moylarining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish uchun tozalash usullarini takomillashtirish, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan atrof-muhitga salbiy ta'sir korsatuvchi omillarni kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchiliki takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.