Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi



 “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi 1991-yilda tashkil topgan. Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilishi munosabati bilan 1991-1992-o‘quv yilida institutda “Politologiya va iqtisod” kafedrasi va “Tarix va falsafa” kafedrasi tashkil qilindi. “Politologiya va iqtisod” kafedrasiga professor S.O.Otamuratov, “Tarix va falsafa” kafedrasiga dotsent X.Nasrullayev mudir qilib tayinlandi. 1993- yilning martida mazkur kafedralar birlashtirildi. Unga professor S.O.Otamuratov mudir qilib tayinlandi. Institutda talabalar soni ortib borishi munosabati bilan 1996-1997-o‘quv yili ushbu kafedradan “O‘zbekiston tarixi va kulturologiya” kafedrasi tashkil qilinib, unga dotsent E.H.Qosimov mudir qilib tayinlandi. 2000-2001-o‘quv yilida esa har ikkala − “Itimoiy-siyosiy fanlar” va “O‘zbekiston tarixi va kulturologiya” kafedralari bazasida “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil qilindi. 2004-2005- ‘quv yilida “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi “Ma’naviyat asoslari” kafedrasi bilan qayta birlashtirilib, “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil qilindi. 2018-yilda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi bilan birlashtirilib “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi va hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga 2011-yildan hozirgi vaqtgacha professor O.Sirojov rahbarlik qilib kelmoqda.

Jahondagi ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida talabalarga sifatli ta’lim berish, ma’nan hamda jismonan yetuk kadrlarni tarbiyalash kafedraning asosiy maqsadi etib belgilangan. Buning uchun bakalavriat bosqichi talabalariga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa” va “Jismoniy tarbiya va sport madaniyati” fanlari orqali talaba yoshlarga vatanparvarlik, yurtga sadoqat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, tinchlikni, mustaqillikni asrab-avaylash, yoshlarni aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan yuksaltirish kabi vazifalar belgilab olingan.

yuklanmoqda...

document