1991 yilda Institutning “Oziq-ovqat texnologiyasi” fakulteti tarkibida “Kimyo texnologiyasining mexanika asoslari” kafedrasi tuzilib, kafedra mudiri lavozimiga t.f.d., prof. B.A.Shipilevskiy tayinlandi. Bunda kafedra zimmasiga kimyo va oziq-ovqat texnologiyasi yoʼnalishi boʼyicha tahsil olayotgan talabalarga “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi”, “Nazariy mexanika”, “Аmaliy mexanika” fanlarini oʼqitish, hamda sohaga mos yangi adabiyotlarni yaratish, kimyo, oziq-ovqat texnologiyasi mashina va mexanizmlarini takomillashtirish boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish vazifalari yuklatildi.
Kafedra 2001 yildan “Mexanika asoslari va muhandislik grafikasi”, 2011-2012 oʼquv yilidan boshlab «Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari – mexanika asoslari», 2021 yildan “Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari” va 2024 yildan boshlab “Muhandislik asoslari va mexanika” nomi bilan nomlandi.
Kafedraga 1992 yilning 10 avgustidan dekabrgacha t.f.n., dots. A.T.Turapov, 1993 yildan 2001 yilning dekabr oyigacha t.f.n., dots. E.I.Turapov, 2002-2003 yillarda t.f.n., prof S.Z. G’ulomiddinov, 2003-2008 yilda t.f.n., dots O.A. Ergashev, 2008-2012 t.f.n., dots N.R.Barakayev, 2012-2014, 2017-2021yillarda PhD A.N.Shernayev, 2014-2017 yillarda t.f.n., dots T.T.Safarov, 2021-2024 yillarda PhD, dots F.X. Ibragimov rahbarlik qilgan. 2024-yildan bugungi kunga qadar PhD, kat.o’q M.Y.Raximov mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 1 ta professor, 5 ta dotsent, 11 ta katta o‘qituvchi, 8 ta stajyor-o‘qituvchi, laboratoriya mudiri va laborantlar mehnat qilishmoqda. Kafedra jamoasi talabalarga “Muhandislik va kompyuter grafikasi”, “Texnik mexanika”, “Mashina detallari” va “Materialshunoslik”, “Materiallar qarshiligi”, “Issiqlik texnikasi”, “Asosiy texnologik jarayonlar va qurulmalar”, “Nazariy mexanika”, “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” fanlaridan ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.
“Muhandislik asoslari va mexanikasi” kafedrasi o‘zining ta’lim va fan sohasidagi faoliyatini dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy guruhlari tomonidan foydalanib kelinayotgan samarador usullar asosida olib boradi. Asosiy maqsadi esa, institutga kafedradagi fanlar doirasida bugungi kundagi talablardan kelib chiqqan holda raqobatbardosh muhandis kadrlarni tayyorlashda o’z hissasini qo’shishdan iborat.
Kafedramiz professor-o’qituvchilari va ilmiy-tadqiqotchi xodimlari Respublikamizda sanoatni rivojlantirishda, xalq xo’jaligi uchun dolzarb bo’lgan muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining M.T.O’rozboev nomli “Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi” instituti, M.Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, TDTU qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK, TTESI, Buxoro oziq-ovqat yengil sanoat instituti, olimlari bilan hamkorlikda bajarilmoqda.