Oliy matematika kafedrasi



Toshkent kimyo texnologiya instituti «Oliy matematika» kafedrasi 1991 yilda 6 may 1991 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining UP-203 raqamli farmoniga ko‘ra Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan kundan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Keyingi yillarda kafedraga bir qator respublikamizdagi salohiyatli matematiklar raxbarlik qilishgan: 1991-1992 yillarda prof. Sh.Narimov, 1992-1993 yillarda dots. N.Raximova, 1993-1995 yillarda dots. J.Ibodov, 1995-1996 yillarda dots. S.Abdunazarov, 1996-2001 yillarda dots. U.Raxmonov, 2001-2002 yillarda dots. O.Matchonov, 2002-2004 yillarda dots. D.Raximov, 2004-2007 yillarda dots. R.Maqsudov, 2007-2011 yillarda yana prof. Sh.Narimov. 2011-2017 yil iyulgacha dots. I.Iskanadjiyev, 2017-2022 yil sentyabrgacha prof I.I. Safarov va 2022 yil sentyabrdan hozirgi kungacha PhD B.Z Nuriddinov mudirlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fizika-matematika fanlari doktori, professorlar, fizika-matematika fanlari nomzodi, PhD (dotsent) 5 nafar 1 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar assistentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra jamoasi talabalarga “Oliy matematika”, “Matematika 1.2”, “Amaliy matematika” va “Ehtimollar nazariyasi” fanlaridan ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.

Oliy matematika kafedrasida turli davrlarda professor-o‘qituvchilar talabalarga chuqur bilim berib, ularning umumtexnik va mutaxassislik fanlarini yaxshi o‘zlashtirishlariga asos yaratdilar. Kafedrada uzoq yillar ishlagan, tajribali o‘qituvchilar qatorida prof. Sh.Narimov, prof. I.Iskanadjiyev birinchi bo‘lib ish boshlaganlar.

Oliy matematika kafedrasida tashkil etilgan vaqtdan boshlab, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga katta ahamiyat berildi. Kafedra mudiri professor I.I. Safarov Matematika soxasidagi ilmiy – tadqiqotlarni natijalarin amaliy ahamyatini oshirish maqsadida Kafedramizda yuqori malakali mutaxasislar tayorlash uchun doktorantura ochdilar.

Kafedramizda yuqori malakali olimilar ishtrokida Matematika va mexanikaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan institutlararo seminari tashkil etildi.

·      Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Matematika va Mexanika institutlari, O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Buxoro muxandislik texnologiya inistituti bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan. Shu bilan birga kafedra Moskva davlat universiteti, Moskva aviatsiya inistituti, AQShning Nyu-Yorkdagi Buffalo Davlat Universiteti hamda Kornell Universitetlari bilan ilmiy alokalar o‘rnatgan.

·      Kafedrani Qozoq–Turk xalqaro universiteti bilan hamkorligi bor. Universtetning Matematika kafedrasining professori Marasulov Abduraxim Mustafoyevich va akademik Xudoykulov Anorboy bilan ilmiy hamkorlikka egamiz. 

·      Matematika fani bo‘yicha yuqori bilimli ilmiy kadrlarni tayorlash uchun Respublikamizni boshqa viloyatlardan kelgan yoshlarga ham ilmiy maslahatlar ko‘rsatilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 200 ga yaqin ilmiy maqolalar, 50 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar, chop ettirilgan.  professor I.I. Safarov, prof. Sh.Narimov, prof. I.Iskanadjiyev rahbarligi ostida oliy matematika kafedrasi turli ilmiy yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv uslubiy qo‘llanmalarini lotin alifbosiga o‘tqazish va chop etish, yangi axborot texnologiyalari (Maple, Matlab) dan oliy matematika fanini o‘qitishda foydalanish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanmalar yaratish ustida ish olib bormoqdalar.

KAFEDRADA QUYIDAGI ILMIY YO‘NALISHLARDA ILMIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA:

Qovushoq suyuqlikli silindrik qobiqga chiziqli bo‘lmagan to‘lqin tarqalish xususiyatlari

Erkinlik darajasi chekli mexanik sistemalarning vibratsion tebranishlarini aktiv kamaytirish- ning ilmiy asoslari

Ko‘p katlamli silindrik dissipativ bir jinisli bo‘lmagan mexanik sistemalarni tebranishlari

Ko‘p katlamli sferik dissipativ bir jinisli bo‘lmagan mexanik sistemalarni tebranishlari

Kafedra manzili: Menejment va kasb ta'limi fakulteti. Toshkent, Samarqand Darvoza ko'chasi, 60 uy. 408-xona

document

Nuriddinov Baxtiyor Zafarovich
Nuriddinov Baxtiyor Zafarovich Kafedra mudiri
omk@tkti.uz +9989997096059