Kimyo muhandisligi (kamyob, tarqoq va nodir metallar)

60710100 Kimyo muhandisligi (kamyob, tarqoq va nodir metallar) ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60710100 Kimyo muhandisligi (kamyob, tarqoq va nodir metallar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi  “OKMK” AJ korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud muammolarga yechim toppish maqsadida ilmiy yo’nalishlar olib borilmoqda. Bakalavriat talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertatsiya mavzulari beriladi, ular asosan, mahalliy kamyob, tarqoq va nodir metallar rudalarini boyitish texnologiyalarini tadqiq etish, kamyob, tarqoq va nodir metallar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga hamda kamyob, tarqoq va nodir metallarni turli usullar yordamida ajratib olish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.

Kimyo muhandisligi (kamyob, tarqoq va nodir metallar)
Kunduzgi ta'lim dasturi haqida
Kimyo muhandisligi (kamyob, tarqoq va nodir metallar)

Sirtqi ta'limga kirish talablari

Sirtqi ta'lim shakliga kirish talablari kunduzgi ta'lim shakliga kirish talablari bilan bir xil

Kundizgi ta'limga kirish talablari

Toshkent kimyo-texnologiya institutining 60710100 Kimyo muhandisligi (kamyob, tarqoq va nodir metallar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat kirish imtihonlari asosida qabul qilinadi.

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Sirtqi ta'lim uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7472630 so'm
  • Sirtqi ta'lim uchun 1 kredit miqdori 124543 so'm

  • Kunduzgi ta'lim uchun 1 yillik kontrakt miqdori 6412610 so'm
  • Kunduzgi ta'lim uchun 1 kredit miqdori 106876 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998909553991
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998909553991
  • E-Pochta: smnkmtk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent sh., M. Ulug’bek ko’chasi, 41-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Fizika 1 Ko'rish
  • Fizika 1
  • Muhandislik va kompyuter grafikasi Ko'rish
  • Muhandislik va kompyuter grafikasi
  • О‘zbek (rus) tili Ko'rish
  • О‘zbek (rus) tili
  • Kimyo 1 Ko'rish
  • Kimyo 1
  • Xorijiy til 1 Ko'rish
  • Xorijiy til 1
  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi Ko'rish
  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Oliy matematika 1 Ko'rish
  • Oliy matematika 1
  • Fizikaviy va kolloid kimyo 1 Ko'rish
  • Fizikaviy va kolloid kimyo 1
  • Ilmiy izlanishlar asoslari 1 Ko'rish
  • Ilmiy izlanishlar asoslari 1
  • Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 1 Ko'rish
  • Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 1
  • Organik kimyo 2 Ko'rish
  • Organik kimyo 2
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar ishlab chiqarish korxonalari loyixalash asoslari 1 Ko'rish
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar ishlab chiqarish korxonalari loyixalash asoslari 1
  • Elektrotexnika va elektronika asoslari Ko'rish
  • Elektrotexnika va elektronika asoslari
  • Fizikaviy va kolloid kimyo 2 Ko'rish
  • Fizikaviy va kolloid kimyo 2
  • Ilmiy izlanishlar asoslari 2 Ko'rish
  • Ilmiy izlanishlar asoslari 2
  • Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 2 Ko'rish
  • Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 2
  • Piro va gidrometallurgiya jarayonlar nazariyasi 1 Ko'rish
  • Piro va gidrometallurgiya jarayonlar nazariyasi 1
  • Metrologiya va standartlashtirish Ko'rish
  • Metrologiya va standartlashtirish
  • Falsafa Ko'rish
  • Falsafa
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish va avtomatlashtirish Ko'rish
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish va avtomatlashtirish
  • Umumiy kimyoviy texnologiya Ko'rish
  • Umumiy kimyoviy texnologiya
  • Hayot faoliyati havfsizligi Ko'rish
  • Hayot faoliyati havfsizligi
  • Nodir metallar kimyosi va texnologiyasi Ko'rish
  • Nodir metallar kimyosi va texnologiyasi
  • Rangli metallar metallurgiyasi Ko'rish
  • Rangli metallar metallurgiyasi
  • Piro va gidrometallurgiya jarayonlar nazariyasi 2 Ko'rish
  • Piro va gidrometallurgiya jarayonlar nazariyasi 2
  • Ekologiya Ko'rish
  • Ekologiya
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi 1 Ko'rish
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi 1
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar rudalarini boyitish Ko'rish
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar rudalarini boyitish
  • Ekstraksiya jarayonlari nazariyasi Ko'rish
  • Ekstraksiya jarayonlari nazariyasi
  • Materialshunoslik 1 Ko'rish
  • Materialshunoslik 1
  • Materialshunoslik 2 Ko'rish
  • Materialshunoslik 2
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar ishlab chiqarish korxonalari jixozlari Ko'rish
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar ishlab chiqarish korxonalari jixozlari
  • Soha iqtisodiyoti va menejmenti Ko'rish
  • Soha iqtisodiyoti va menejmenti
  • Nodir va kamyob metallarni fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Nodir va kamyob metallarni fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Nanotexnologiya Ko'rish
  • Nanotexnologiya
  • Kukunli metallurgiya Ko'rish
  • Kukunli metallurgiya
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi 2 Ko'rish
  • Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi 2

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Ta'lim natijalari:

  • TN1. Kasbiy muhit va jamiyatda o‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qilish, akademik halollik tamoyillari va madaniyatini qo‘llash.
  • TN2. Kasbiy sohada ilmiy, matematik, ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va muhandislik-texnik bilimlarni; ma’lumotlarni matematik qayta ishlash usullarini; ilmiy va eksperimental tadqiqot metodlarini; hamda iqtisodiy tahlil elementlarini namoyish etish.
  • TN3. Kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va ulardan foydalanish qonuniyatlari va jarayonlarini; kimyoning asosiy qonuniyatlari va tushunchalarini, jumladan, atom tuzilishi, kimyoviy bog‘lanish, stexiometriya va kimyoviy reaksiyalarni; organik birikmalarning tuzilishi, nomenklaturasi, reaksiyalari va mexanizmlarini; kolloid tizimlar uchun fizikaning asosiy qonuniyatlarini, jumladan, sirt hodisalari, diffuziya va fazaviy xatti-harakatlarni tushunish.
  • TN4. Asosiy elektr va elektron sxemalarni tahlil qilish va loyihalash, turli xil elektron qurilmalarning ishlashini tushunish va elektrotexnika tamoyillarini avtomatika, aloqa va energetika tizimlaridagi amaliy muammolarni hal qilish uchun qo‘llash, ularni elektrotexnika va tegishli sohalarda ishlashga tayyorlash, fizik hodisalar, muammolarni hal qilish uchun matematik modellarni qo‘llash, fizik tizimlarni tadqiq qilish uchun eksperimental usullardan foydalanish, ilg‘or ilmiy va muhandislik tadqiqotlari uchun mustahkam poydevor yaratish.
  • TN5. Tarixiy manbalarni tahlil qilish va voqealarni tanqidiy talqin qilish, O‘zbekistonning milliy o‘ziga xosligi, merosi va mintaqaviy hamda global miqyosdagi o‘rniga nozik nuqtai nazarni shakllantirish, borliq, bilim, axloq va mantiq, asosiy jahon dinlari, ularning ta’limotlari, amaliyotlari va madaniy ahamiyatini tushunish bilan bog‘liq asosiy falsafiy masalalar bilan shug‘ullanish.
  • TN6. Zamonaviy raqamli va aqlli silikat ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun axborot va hisoblash savodxonligi, kompyuter muhandisligi bilimlari, sun’iy intellekt ko‘nikmalari, ma’lumotlarni umumlashtirish va idrok etish qobiliyatini qo‘llash.
  • TN7. Nodir, tarqoq va kamyob metallarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni ko‘rsatkichlarining belgilangan qiymatlardan og‘ish sabablarini tahlil qilish, ularning oldini olish va bartaraf etish uchun asosli qarorlar qabul qilish.
  • TN8. Texnologik intizomni ta’minlash asoslarini, korxonaning sanitariya-gigiyenik ish rejimini, ishlab chiqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni tashkil etishni o‘zlashtiradi.
  • TN9. Nodir, tarqoq va kamyob metallarni ishlab chiqarish uchun turli jarayonlarning asosiy texnologik parametrlari va texnologik uskunalarini, shu jumladan zamonaviy hisoblash texnologiyalaridan foydalangan holda hisoblash va baholash.
  • TN10. Texnologik jarayonni reglamentga muvofiq amalga oshirish va texnologik jarayonning asosiy parametrlarini, xomashyo va tayyor mahsulotning tarkibi va xossalarini o‘lchash uchun texnik vositalardan foydalanish.
  • TN11. Yakka tartibda va jamoa a’zosi sifatida samarali ishlash, o‘z nuqtayi nazarini to‘g‘ri himoya qilish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzi, butun hayoti davomida korrupsiyaga murosasiz bo‘lish qobiliyatlarini namoyon etish.