Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Uzbekneftgaz” AJ korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud muammolarga yechim toppish maqsadida ilmiy yo’nalishlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertatsiya mavzulari berilgan, ular asosan, mahalliy xom ashyo asosida yangi neft va gaz mahsulotlari, neft mahsulotlariga qo’shimcha qo’ndirmalar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga hamda neftni qayta ishlash sanoatini samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.

Kunduzgi ta'lim dasturi haqida
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
Sirtqi ta'lim dasturi haqida
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Sirtqi ta'limga kirish talablari

Sirtqi ta'lim shakliga kirish talablari kunduzgi ta'lim shakliga kirish talablari bilan bir xil

Kundizgi ta'limga kirish talablari

Toshkent kimyo-texnologiya institutining "60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi" bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat kirish imtihonlari asosida qabul qilinadi

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Sirtqi ta'lim uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7472634 so'm
  • Sirtqi ta'lim uchun 1 kredit miqdori 124543 so'm

  • Kunduzgi ta'lim uchun 1 yillik kontrakt miqdori 6412610 so'm
  • Kunduzgi ta'lim uchun 1 kredit miqdori 106876 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +99895 479 80 82
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +99895 479 80 82
  • E-Pochta: nqiktk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 36

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi (neft, gaz, neft va gaz kimyo) sohasiga oid nazariy, amaliy, ilmiy, kimyo, fizika, amaliy mexanika va muhandislik texnologiyalari tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Neft-gaz mahsulotlarini sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xom ashyo resurslaridan unumli foydalanish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi, ularning, Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasida qo‘llanilishini tushuntira oladi;
  • Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari va tushunchalarini tushuntira oladi, Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasida qo’llaniladigan xom-ashyo, materiallari, mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalari va jihozlari, Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasining barqaror rivojlanishi tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasining asosiy nazariy jihatlari va tushunchalarini tavsiflay oladi va neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yoqilg'i va boshqa mahsulotlar) ishlab chiqarish malakasiga ega;
  • Kengroq multidisipliner kontekstni tushuntira oladi va boshqa texnologiyalarning usullari va jarayonlarini qo'llay oladi; Neft va gazni qayta ishlash jarayonlarini tushuntira oladi.