Kimyoviy texnologiya (nodir va kamyob metallar)

70710100- Kimyoviy texnologiya (nodir va kamyob metallar) ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70710101- Kimyoviy texnologiya (nodir va kamyob metallar) magistratura mutaxassisligi fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo‘lib, kamyob tarqoq va nodir metallar  kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha fan va ishlab chiqarish, qayta ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Kimyoviy texnologiya (nodir va kamyob metallar)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998909553991
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998909553991
  • E-Pochta: smnkmtk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent sh., M. Ulug’bek ko’chasi, 41-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Gidrometallurgiya jarayonlar nazariyasi Ko'rish
  • Gidrometallurgiya jarayonlar nazariyasi
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot
  • Nodir metallar kimyosi va texnologiyasi Ko'rish
  • Nodir metallar kimyosi va texnologiyasi
  • Pirometallurgiya Ko'rish
  • Pirometallurgiya
  • Kukunli metallurgiya Ko'rish
  • Kukunli metallurgiya
  • Nanotexnologiya. Ko'rish
  • Nanotexnologiya.

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Ta'lim natijalari:

  • TN1. Xalqaro muhitda ishlash imkonini beradigan darajada chet tilini bilgan holda professional darajada muloqot qilish; Kimyo muhandisligi sohasida ommaviy xulq-atvorni boshqarishning ijtimoiy-psixologik texnologiyalari va samarali o‘qitish usullarini o‘zlashtirishni namoyish etgan holda pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishni oliy ta’limda qo‘llash.
  • TN2. Ishlab chiqarishning optimal rejimini asoslash uchun matematik modellashtirish va sun’iy intellekt dasturlaridan foydalangan holda o‘rganilayotgan kimyoviy-texnologik jarayonlarning tajriba natijalari va moddiy-issiqlik hisob-kitoblarini tahlil qilish.
  • TN3. Kimyo sanoatidagi materiallarning hozirgi holati bo‘yicha tahliliy sharhlarni ishlab chiqish. Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil uskunalaridan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmalarini egallash. Olingan natijalarni tahlil qila olish.
  • TN4. Kimyo sanoati mahsulotlarini olish jarayonlarida texnologik intizomga rioya etilishini qat’iy nazorat qilish. Kimyo sanoati mahsulotlarini olish bo‘yicha yangi innovatsion loyihalar va texnologik jarayonlarni amalga oshirish.
  • TN5. Nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish jarayonini tezkor dispetcherlik boshqaruvini tashkil etish, fanlararo bog‘liq bilim sohalaridagi muammolarni tahlil qilish uchun bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash.
  • TN6. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini tahlil qilish asosida noorganik moddalar va birikmalar ishlab chiqarishning texnologik sxemasini modernizatsiya qilish va texnogen chiqindilardan foydalanishning yangi usullarini taklif etish.
  • TN7. Noyob va nodir metallar va nanoo‘lchamli mahsulotlarni qazib olish, ishlab chiqarishning texnologik nazoratini amalga oshirish, ishlab chiqarish nuqsonlari ehtimolini istisno qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining barqarorligini oshirish
  • TN8. Olingan bilim va ko‘nikmalarni doktoranturada o‘qish va butun hayoti davomida malakasini oshirish imkonini beradigan darajada rivojlantirish.