Kimyoviy texnologiya (organik moddalar)

70710101 – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar) ta’lim yo‘nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati  yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70710101 – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar) magistratura ta’lim yo‘nalishi ishlab chiqarish, "Oʻzbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi va uning tasarrufidagi neft-gaz sanoati korxonalari UzNEFT maxsulot, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodi, Farg’ona NGQIZ, Buxoro NGQIZ, Muborak NGQI zavodlari, O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona korporativ tizim-Uzkimyosanoat AJ tasarrufidagi korxonalar Dehqonobod kaliy zavodi, Farg’onaazot AJ, Navoiyazot AJ, Maxam-Chirchiq AJ korxonalarining turli sohalarida muxandis texnolog, fan va ishlab chiqarish masalalarida Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi institutida ilmiy-tadqiqot ishlari, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Kimyoviy texnologiya (organik moddalar)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +99871 244-36-85
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +99871 244-36-85
  • E-Pochta: aostk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 36

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Muhim organik moddalar kimyosi va texnologiyasi Ko'rish
  • Muhim organik moddalar kimyosi va texnologiyasi
  • Loyiha boshqaruvi Ko'rish
  • Loyiha boshqaruvi
  • Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Yashil iqtisodiyot
  • Organik birikmalarning reyaksiya mexanizmlari Ko'rish
  • Organik birikmalarning reyaksiya mexanizmlari
  • Asosiy organik sintez maxsulotlari kimyosi va texnologiya Ko'rish
  • Asosiy organik sintez maxsulotlari kimyosi va texnologiya
  • Xushboy xidli moddalar kimyosi va texnologiyasi Ko'rish
  • Xushboy xidli moddalar kimyosi va texnologiyasi
  • Organik mahsulotlar olish texnologiyasida katalitik jarayonlar Ko'rish
  • Organik mahsulotlar olish texnologiyasida katalitik jarayonlar
  • O'zbekiston organik sintez sanoati texnologiyalari. Ko'rish
  • O'zbekiston organik sintez sanoati texnologiyalari.

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Umumiy sirt faol moddalar va yuvish vositalari, ularning konstruktsiyalari, texnologik jarayonlari organik sintez asosida olingan materiallar kimyoviy texnologiyasi va ularning fizik-kimyoviy, mexanik va ekspluatatsion xossalari hamda kompozitsion materiallarining tarkibi, xossalari va ularni tayyorlashqo‘llanilishini tushuntira oladi;
  • Materiallar korroziyasi va undan himoyalash texnologiyasi, yonilg’i surtma materiallar, materiallarga ishlov berish texnologiyasitushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Oganik moddalarning asosiy nazariy jihatlari va tushunchalarini tavsiflay oladi va kimyomahsulotlar (kimyoviy moddalar, olingan materiallar) ishlab chiqarish malakasiga ega;
  • Kimyo va neft-gaz sanoati uchun zarur va import o‘rnini bosadigan organik moddalar va turli oraliq monomerlar sintez qilish va ularni amaliyotda qo‘llashnitushuntira oladi;
  • Qayta ishlashda qo‘llaniladigan reaktorlar va asbob uskunalarni takomillashtirish, sohadagi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishtushuntira oladi.