Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar)

70710101 - Kimyoviy texnologiya (silikat vaqiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar) ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70710101 - Kimyoviy texnologiya (silikat vaqiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar) magistr mutaxassisligi “O’zqurilishmateriallari” AJ korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud muammolarga yechim toppish maqsadida ilmiy yo’nalishlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertasiya ishlari mavzulari berilgan, ular asosan, mahalliy xom ashyo asosida silikat va shinni ishlab chiqarish usullari, chinni va fayans massalarini tayyorlash usullari va uskunalari, chinni va fayans, keramika buyumlarini quritish va kuydirish jarayoni, chinni va fayans buyumlarini sirlash va bezash jarayonlari, chinni xosil bo’lishining fizik- kimyoviy asoslarini o’rganishga yo’naltirilgan.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998909553991
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998909553991
  • E-Pochta: smnkmtk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent sh., M. Ulug’bek ko’chasi, 41-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Yashil iqtisodiyot
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Silikat materiallar ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar Ko'rish
  • Silikat materiallar ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar
  • Loyiha boshqaruvi Ko'rish
  • Loyiha boshqaruvi
  • Shisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi Ko'rish
  • Shisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi
  • Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar fizik-kimyosi Ko'rish
  • Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar fizik-kimyosi
  • Keramik materiallar kimyoviy texnologiyasi Ko'rish
  • Keramik materiallar kimyoviy texnologiyasi
  • Kompozitsion materiallar texnologiyasi Ko'rish
  • Kompozitsion materiallar texnologiyasi
  • Bog‘lovchi materiallar kimyoviy texnologiyasi Ko'rish
  • Bog‘lovchi materiallar kimyoviy texnologiyasi

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Ta'lim natijalari:

  • TN1. Xalqaro muhitda ishlash imkonini beradigan darajada chet tilini bilgan holda professional darajada muloqot qilish; Kimyo muhandisligi sohasida ommaviy xulq-atvorni boshqarishning ijtimoiy-psixologik texnologiyalari va samarali o‘qitish usullarini o‘zlashtirishni namoyish etgan holda pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil etishni oliy ta’limda qo‘llash.
  • TN2. Ishlab chiqarishning optimal rejimini asoslash uchun matematik modellashtirish va sun’iy intellekt dasturlaridan foydalangan holda o‘rganilayotgan kimyoviy-texnologik jarayonlarning tajriba natijalari va moddiy-issiqlik hisob-kitoblarini tahlil qilish.
  • TN3. Kimyo sanoatidagi materiallarning hozirgi holati bo‘yicha tahliliy sharhlarni ishlab chiqish. Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil uskunalaridan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmalarini egallash. Olingan natijalarni tahlil qila olish.
  • TN4. Kimyo sanoati mahsulotlarini olish jarayonlarida texnologik intizomga rioya etilishini qat’iy nazorat qilish. Kimyo sanoati mahsulotlarini olish bo‘yicha yangi innovatsion loyihalar va texnologik jarayonlarni amalga oshirish.
  • TN5. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini, fan, texnika va silikat sanoati ishlab chiqarishi yutuqlarini umumlashtirgan va tahlil qilgan holda mahsulotlarning yangi yoki takomillashtirilgan turlarini ishlab chiqish.
  • TN6. Sement, keramika va shisha ishlab chiqarishning optimal tarkiblari va texnologiyalarini loyihalash, xomashyoni tanlashni asoslash, materiallarning xususiyatlarini bashorat qilish, ishlab chiqarish muammolarini tahlil qilish va sun’iy intellekt yordamida amaliy muhandislik muammolarini hal qilish.
  • TN7. Sement, keramika, kompozitsion materiallar va shisha buyumlar sintezi, ishlab chiqarishning texnologik nazoratini amalga oshirish, ishlab chiqarish nuqsonlari ehtimolini istisno qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining barqarorligini oshirish
  • TN8. Ekspert xulosasini berish, bog‘lovchi materiallar, keramika va shisha buyumlarning sifat tavsiflarini amaldagi standartlar asosida aniqlash, zamonaviy sinov usullarini bilish va ilmiy bilimlarning metodologik asoslaridan foydalanish.
  • TN9. Ilg‘or xalqaro tajriba va zamonaviy ilm-fanning nazariy va texnologik yutuqlariga ega bo‘lgan energiya tejamkor, ekologik xavfsiz va yangi silikatlar ishlab chiqarish sohasida kompleks yechimlarni ishlab chiqish.
  • TN10. Olingan bilim va ko‘nikmalarni doktoranturada o‘qish va butun hayoti davomida malakasini oshirish imkonini beradigan darajada rivojlantirish.