70710101 – Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlari) magistr mutaxasisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 24 kredit, bir o‘quv yilida 48 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, magistr dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
70710101 – Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlari) magistr mutaxasisligida – ishlab chiqarish, "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi va uning tasarrufidagi don va don mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari, Beshefar biznes MChJ, Mill-Maxx Group MChJ, Oliy Ne’mat MChJ, Turon MChJ va shu kabi qator davlat va xususiy korxonalarining turli sohalarida muxandis texnolog, ishlab chiqarish-texnik bilim sohasidagi mutaxassislik bo'lib, bаrсhа ta'lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o'qitish, O'zbekiston Respublikasi Fаnlаr akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, don mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishga oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Magistratura ta'lim dasturi haqidaBelgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.
Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.
Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.
Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi: