Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabr oyida boʻlib oʻtgan Barqaror rivojlanish boʻyicha sammitida qabul qilingan 70-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, BMTning 2030-yilgacha global kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini (keyingi oʻrinlarda) izchil amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 20-oktabrda 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan 16 ta Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari va 125 ta tegishli maqsadni tasdiqladi. Barqaror Rivojlanish Maqsadlari barcha mamlakatlar - kambag'al, boy va o'rta rivojlangan mamlakatlar uchun harakatga chaqiruvdir. Ular farovonlikni yaxshilash va sayyoramizni himoya qilishga bag'ishlangan.
Butun dunyo mamlakatlari qashshoqlikka barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va bandlik sohalaridagi qator muammolarni hal etish, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlar bilan birga borishi kerakligini tan oladi. TCTI O'zbekistonda ish olib borayotgan maqsadlari: