QABUL-2025

🟢 Oliy taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha eng muhim maʼlumotlar

Prezidentning PF–81-son Farmoniga muvofiq, 2025-yildan boshlab oliy taʼlim muassasalariga qabul “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali ikki bosqichda amalga oshiriladi.

🔹 1-bosqich (5-iyun – 25-iyun)

Abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi:

  • fanlar majmuasi (hamma uchun);
  • taʼlim tili (hamma uchun);
  • test topshirish alifbosi (agar ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lsa);
  • test topshirish hududi (hamma uchun);
  • kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan OTM (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalish bo‘lsa).
Eslatma: fanlar majmuasini tanlash — bu faqat test topshirish bloklarini belgilashdir. Bu yo‘nalishga qabul qilinganlikni anglatmaydi.

⚠️ Agar abituriyent chet tilini birinchi fan sifatida tanlasa, B2 yoki undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi shart.

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: havola

🔹 2-bosqich (test sinovlari yakunlangach, 15 kun davomida)

Quyidagilar tanlanadi:

  • oliy ta’lim muassasasi;
  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
  • ta’lim shakli;
  • tanlov ustuvorligi (Davlat granti yoki Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha).

📅 Test ballari — imtihondan keyingi kuni, mandat natijalari esa tanlov yakunidan so‘ng 1 hafta ichida e’lon qilinadi.

🏫 Texnikumlarga hujjat topshirish

Texnikumga kirishni istagan abituriyentlar mandat natijalari e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun ichida quyidagilarni tanlaydi:

  • texnikum;
  • kasb va mutaxassislik;
  • taʼlim shakli.

📌 Texnikumlar uchun natijalar ham my.uzbmb.uz saytida e’lon qilinadi.



Qabul komissiya raisi
  • Usmonov Botir Shukurillayevich
  • rector@tkti.uz
  • +998 71 244-79-17
Qabul komissiya raisi o'rinbosari
  • Shernaev Anvar Normamatovich
  • a.shernaev@tkti.uz
  • +998 71 244-79-23
Mas'ul kotib
  • Kadirov Ulug‘bek Ravshanovich
  • afrb@tkti.uz
  • +99871 244-79-34