Toshkent kimyo-texnologiya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi
1.Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron https://my.edu.uz/ tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
2.Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi;
Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
3. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish umumiy maksimal 100 ballgacha baholanadigan test sinovi shaklida, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga muvofiq (Matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili va h.k) joriy yilning 15-avgustidan 25-avgust kuniga qadar OTMda o‘tkaziladi.
4. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul abituriyentlar orasidan test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tasdiqlangan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlar doirasida amalga oshiriladi.
5.Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari joriy yilning 30-avgustiga qadar e’lon qilinadi.
6. Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasini (yoki diplomdan ko‘chirma (asl nusxasi) — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilovasini OTMga taqdim etadi.
7.Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan OTM o‘rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi.
8. Talabalarni o‘qishga qabul qilish shartnomada belgilangan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
9.Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’iy nazar, 2-kursdan boshlanadi.
ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 606-son Qarori https://lex.uz/uz/docs/5657199.
2024-2025 o‘quv yili uchun Toshkent kimyo-texnologiya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha test o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va test savollari
60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Matematika va Ingiliz tili
60412500-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Matematika va Ingiliz tili
60710100-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) Kimyo va Matematika
60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) Fizika va Matematika
60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) Kimyo va Biologiya
60720700-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) Matematika va Fizika
60721100-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi Kimyo va Matematika
2024-2025 o‘quv yilidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olish istagini bildirgan abiturientlarga kirish test sinovlari
2024-yilning 21-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
- Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 32-uy.
- Mo‘ljal: O'zbek Milliy akademik drama teatri.
- Ro‘yxatga olishni boshlanish vaqti: soat 9-00.
- Test boshlanish vaqti: soat 10-00.
- Test o‘tkaziladigan joy: Toshkent kimyo-texnologiya instituti bosh binosi, katta kompyuter zali.
Izoh: Abiturientlar kirish test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kelishlari, o'zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti yoki ID karta) olib kelishlari shart.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning sirtqi ta’lim shaklida o‘qish uchun tavsiya etilgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
- oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
- o‘rta, o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risida diplom (ilovasi bilan birga) yoki attestat nusxasi;
- 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 8 dona fotosurat;
- fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi 3 ta.
Izoh: Fuqarolik pasporti yoki ID karta shaxsan ko‘rsatiladi.