2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:
transfer.edu.uz – Respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
my.dtm.uz – xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.
Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Kerakli hujjatlar: ariza (onlayn tarzda) transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli) akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).
Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki “perevod” uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
“Perevod” bo‘yicha kengroq tushuntirish
Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya’ni rasmiy kuchga ega.
1. Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘qishini ta’lim shaklini o‘zgartirish (kunduzgi ta’limdan sirtqi ta’limga):
Oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
2. Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.
3. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
4. O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin.
5. Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.