Haqida
“Menejment va kasb taʼlimi” fakulteti tarixi 2001-yildan boshlanadi. Shu yili Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy kengashi qarori bilan “Menejment va sanoat ekologiyasi” fakulteti tashkil etildi. Fakultet tarkibiga “Oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti“, “Sanoat ekologiyasi”, “Chet tillari”, “Fizika” va “Matematika” kafedralari kiritildi. 2002-yilda “Menejment va sanoat ekologiyasi” fakulteti tarkibidagi “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi oʻrniga “Informatika” kafedrasi kiritildi va fakultet “Menejment va axborot texnologiyasi” nomini oldi. Respublikamiz kimyo, neft va gaz hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari ehtiyojlarini yuqori malakali menejerlar va marketologlar bilan taʼminlash maqsadida, institut ilmiy kengashining 2004-yil aprel oyidagi qarori bilan “Oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi negizida “Sanoat menejmenti” va “Sanoat marketingi” kafedralari tashkil etildi. Fakultet tarkibiga “Kasb taʼlimi” kafedrasi qoʻshilishi munosabati bilan ushbu fakultet nomi 2004-yil 20-fevraldagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy kengashi qaroriga binoan institutning 2004-yil 15-maydagi 131-sonli buyrugʻi bilan “Menejment va kasb taʼlimi” fakulteti, deb nomlandi.Fakultet shu kunga qadar respublika kimyo sanoati uchun minglab yetuk kadrlar yetkazib bergan.Fakultet tarkibida 5 ta:
- “Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi” (SMMX),
- “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” (SIM),
- “Oʻzbek tili va professional taʼlim” (OʻTPT),
- “Xorijiy tillar”
- “Oliy matematika”
kafedralari boʻlib shulardan 3 tasi:
- Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi,
- Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti,
- Oʻzbek tili va professional taʼlim kafedralari mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi. Xorijiy tillar va Oliy matematika kafedralari esa umum-kasbiy kafedralardir.
Maqsadi
Fakultet ayni paytda kimyo sanoatida dolzarb boʻlib borayotgan yoʻnalishlar, xususan yashil iqtisodiyot kabi yoʻnalishlarni tashkil etib, malakali kadrlar tayyorlashda zamonaviy uslublar va texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirgan.