Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti

Haqida

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti institutning asosiy tayanch fakultetlaridan biri sanaladi. Oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlari uchun muhandis-texnolog xodimlar tayyorlash, dastlab 1940 yilda, O‘rta Osiyo Politexnika instituti xozirgi I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining kimyo-texnologiya fakultetida amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 5-maydagi PQ-103 farmoniga binoan Toshkent Kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Politexnika instituti (hozirgi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti)ning Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalari fakultetlari asosida tashkil etildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi bo‘yicha Respublikamiz va MDH davlatlari uchun oziq-ovqat sanoatining yetuk muhandis-texnolog kadrlar tayyorlash dastlab 1940 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ularning ikkilamchi xomashyolari asosida quyidagi yo‘nalishlarda:

-don, non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni asoslarini o‘rganish;

-o‘simlik moylarini katalitik modifikatsiyalash;

-qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qurutish, sharbat, konserva, bolalar ovqati va kontsentratlarini, xavfsizligini va olishning texnologiyalarini yaratish;-

-ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;

-yog‘lar, efir moylari, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini yangi turlarini kashf qilish hamda ishlab chiqarishni o‘rganish

Maqsadi

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakultet professor-o‘qituvchilari yangi va siyosiy munosabatlar sharoitida mustaqil va har tomonlama kamol topgan yuqori malakali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha, yog‘-moy mahsulotlarini, don va don mahsulotlarini, non, makaron va qandolat mahsulotlarini, go‘sht-sut mahsulotlarini, konserva mahsuloltarini qayta ishlash texnologiyasi, funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi, yog‘lar, efir moylari, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini, oziq-ovqatva qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xavfsizligi, kimyo, neft-kimyo, oziq-ovqat sanoatining texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, Respublikamiz hamda MDH davlatlarining ishlab chiqarish korxonalari uchun ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarga xalqaro standart talablari asosida ta’lim va tarbiya berishdek faol xizmat qilmoqdalar



Fakultet kafedralari



FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO‘NALISHLARI


FAKULTETNING MAGISTRATURA YO‘NALISHLARI


tkti.uz
Baltabayev Ulugbek Narbayevich
  • Fakultet dekani
  • +998712449235
  • dekanoomtf@tkti.uz
  • None
tkti.uz
Shoxrux Begmatov
  • Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
  • +998971 244-92-35
  • yoshlaroomtf@tkti.uz
  • None