2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qo‘shma ta’lim dasturlarida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etilgan.
Bugungi kunda xorijiy hamkor OTMlaridan Belorussiyaning Belorussiya davlat texnologiya universiteti, Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti, “Yanki Kupala” nomidagi Grodno davlat universiteti, Turkiya Respublikasining OSTIM texnika universiteti hamda Latviya tabiiy fanlar va texnologiya universiteti bilan 14 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida jami 218 nafar talaba va 6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 15 nafar magistrlar tahsil olmoqdalar.
Bo‘limda bakalavriatura bo‘yicha “2+2” kunduzgi ta’lim, “4+1”, “3+2” sirtqi ta’lim shakllari va magistratura bo‘yicha “1+1” kunduzgi ta’lim shaklida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda “2+2” qo‘shma ta’lim dasturi asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 22 nafar bakalavr talabalari va 8 nafar magistratura talabalari o‘qishning birinchi bosqichini tamomlab, o‘qishning ikkinchi bosqichini xorijdagi hamkor universitetlarda davom ettirishmoqda. Talabalarga doimiy ravishda aviaqatnovlar uchun chegirma asosida aviabiletlar olish tashkil etilib kelinadi.
2023-2024 o‘quv yili uchun qabul kvotalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan magistratura mutaxassiligi uchun 35 ta kvota ajratildi. Qabul komissiyasi tomonidan yangi tashkil etilgan platforma orqali onlayn tartibda abituriyentlardan hujjatlar qabul qilindi. Barcha qabul jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi” 421-sonli Qarorida belgilangan tartibda amalga oshirilib kelinadi.
Qabul kvotalari uchun 10 ga yaqin iqtisodiyot tarmoqlarining yirik ishlab chiqarish korxonalaridan kadrlar tayyorlash bo‘yicha talabnomalar olingan hamda magistratura mutaxassiligi uchun 7 nafar talabalar o‘qishga qabul qilindi.
Bugungi kunda, Belorussiya davlat texnologiya universiteti bilan tuzilgan “2+2”, “3+2” va “4+1” qo‘shma ta’lim dasturi asosida kunduzgi hamda sirtqi bakalavriatda jami 165 nafar, ulardan 2-kursda 16 nafar, 3-kursda 37 nafar, 4-kursda 63 nafar, 5-kursda 49 nafar va magistraturaning “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha jami 4 nafar, ulardan 1-kursda 2 nafar, 2-kursda 2 nafar talabalar tahsil olib kelishmoqda.
Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti bilan tuzilgan “2+2” va “3+2” qo‘shma ta’lim dasturi asosida kunduzgi hamda sirtqi bakalavriatda jami 38 nafar, ulardan 2-kursda 8 nafar, 3-kursda 12 nafar, 4-kursda 18 nafar va magistraturaning “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha jami 4 nafar, ulardan 2-kursda 4 nafar talabalar tahsil olib kelishmoqda.
Turkiya Respublikasining OSTIM texnika universiteti bilan tuzilgan “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi asosida kunduzgi ta’lim shaklida magistraturaning “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha jami 2 nafar, ulardan 2-kursda 2 nafar talabalar tahsil olib kelishmoqda.
“Yanki Kupala” nomidagi Grodno davlat universiteti bilan tuzilgan “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi asosida kunduzgi ta’lim shaklida magistraturaning “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha jami 3 nafar, ulardan 1-kursda 3 nafar talabalar tahsil olib kelishmoqda.
Latviya tabiiy fanlar va texnologiya universiteti bilan tuzilgan “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi asosida kunduzgi ta’lim shaklida magistraturaning “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha jami 2 nafar, ulardan 1-kursda 2 nafar talabalar tahsil olib kelishmoqda.
Bo‘limda bo‘lim boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, uslubchi va 6,0 shtat birligida 3 nafar asosiy shtatda hamda 9 ta o‘rindoshlik asosida, ulardan 2 nafar chet el fuqarosi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda.
Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 58%ni tashkil etadi.
Bo‘limdagi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari:
- Mashinasozlikda materialshunoslik, Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi;
- Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi;
- Hayot faoliyati xavfsizligi;
- Kimyo va oziq-ovqat jarayonlari va qurilmalari;
- Qurilish materiallari;
- Oziq-ovqat texnologiyasi
Hamkorlikdagi xalqaro xorijiy oliy ta’lim muassasalari
- Belorussiya davlat texnologiya universiteti;
- Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti;
- Belorussiyaning Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti;
- Turkiya Respublikasining OSTIM texnika universiteti
- Latviya tabiiy fanlar va texnologiya universiteti
Hamkor ilmiy-tadqiqot institutlari
- “Fan va taraqqiyot” DUK;
- O‘zRFA M.T.O‘razboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti;
- Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti
- O‘zRFA Umumiy noorganik kimyo instituti
- BelFA Beliy nomidagi Mexanika va metallopolimer tizimlari ilmiy-tadqiqot instituti, Belorussiya
Hamkor zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari
- “ARTEL” brendi ostidagi kompaniyalar guruhi;
- “Artel” innovatsion o‘quv markazi;
- “Texnopark” MCHJ;
- Qo‘ng‘irot soda zavodi MCHJ;
- O‘zdonmahsulot AK;
- “Toshkentdonmahsulotlari” AJ;
- “G‘alla-Alteg” AJ