Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyi, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Olmachi ko‘chasi 3-uyda joylashgan. Ushbu TTJ 1972 yilda qurilgan. 2021 yilda kapital ta'mirdan chiqarilgan. Hozirda Toshkent kimyo texnologiya institutining umumiy sig‘imi 840 nafarni tashkil etadi.
Sport zalida sport anjomlari, 2 ta tennis stoli xarid qilingan. Shuningdek, institutning sport zallari ham kunlik dars mashg‘ulotlaridan so‘ng soat 22:00ga qadar talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun ochib qo‘yilgan. Institut Axborot resurs markazining talabalar turar joyidagi filiali o‘quv xonasi 15 o‘rinli bo‘lib, o‘quv zalida 3956 nusxada kitoblar mavjud, shu jumladan 719 ta darsliklar, 1698 ta o‘quv qo‘llanmalar, 768 ta badiiy adabiyotlar, 168 ta ilmiy adabiyotlar, 185 ta Prezident asarlari va qolgan 418 tasi boshqa turdagi adabiyotlardan iborat. O‘quv zalidan talabalar 22:00 gacha foydalanishlari mumkinligi aniqlandi. Talabalar turar joyida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus xonalari tashkil qilinib, ko‘rgazmali stendlar, musiqiy cholg‘u asboblari (dutor, rubob, gitara, nay, doira) va maxsus javonlar bilan jihozlangan. Talabalar turar joylarida kompyuter xonalari mavjud bo‘lib, jami 20 ta zamonaviy kompyuterlar o‘rnatilgan.Ularning barchasi internetga ulangan. Talabalar turar joyida talabalarni internetdan va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanishlari uchun 8 ta WiFi qurilmalari mavjud, shuningdek, Tas-ix tarmog‘ida 1000 mb/s va tashqi Internet kanallariga 600 mb/s tezlik bilan ulangan.
Talabalarni madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish joyi (8ta 32 dyumlik televizor), talabalarni jismonan chiniqtirish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida sport maydonchasi hamda sport trenajyorlari, talabalarni taom tayyorlash va ovqatlanishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 8 ta zamonaviy oshxona, 8 ta yuvinish xonalari, 8 ta kirxona, 16 ta kir yuvish mashinasi (avtomat) bilan ta’minlangan.