Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun respublikamizning barcha hududlarida Mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Erta tongdan Toshkent kimyo-texnologiya institutida ham “Mahalla obod - yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Umumxalq xayriya hashar doirasida hududda belgilangan reja asosida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hasharda institut jamoasi, professor-o’qituvchilari faol ishtirok etmoqda. 

Barcha mevali daraxtlar oqlanmoqda, gullar ekilib, daraxtlarga shakl berilib, hudud atrofi begona o'tlardan tozalanmoqda.