Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Bugun, 23-may kuni “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida texnika fanlari doktori, professor, akademik Malik Nabiyevich Nabiyevning 111-yillik xotirasiga bag’ishlangan “Globallashuv sharoitida noorganik moddalar va materiallar ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024-yil 29-apreldagi 9-sonli kengashi qarori bilan akademik M.N.Nabiyev tavalludining 111 yilligi va kafedrani tashkil etilganligining 85 yilligi munosabati bilan “Kimyoviy moddalar texnologiyasi” fakultetining “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasiga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi, A.R.Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, akademik M.N.Nabiyev nomi berildi.
Bugun, 23-may “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida o'tkazilgan texnika fanlari doktori, professor, akademik Malik Nabiyevich Nabiyevning 111-yillik xotirasiga bag’ishlangan “Globallashuv sharoitida noorganik moddalar va materiallar ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasida Malik Nabiyevich Nabiyevningning monumenti ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institut rahbariyati, xorijiy hamkorlar, akademik olimlar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Konferensiyani institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi va konferensiya faoliyatiga muvoffaqiyat tiladi. Shundan so'ng, soha akademik olimlari, texnika fanlari doktori, professor, akademik Malik Nabiyevich Nabiyevning shogirdlari so'zga chiqib, M.Nabiyevichning ilmga qo'shga xissasini yod oldilar.
Marosim davomida Toshkent kimyo-texnologiya institutining hamkor oliygohlari, «Uzkimyosanoat» AJ, tashkilot rahbarlari hamda xalqaro tashkilot vakillari konferensiya ishtirokchilariga o'z tabriklarini yo'llab, xalqaro ilmiy haftalik faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.
Konferensiya akademik Malik Nabiyevich Nabiyevning shogirdlari, professor-o’qituvchilar, ishlab chiqarish korxonalari xodimlari, yosh olimlar, magistrantlarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama qilishga bag'ishlandi.
Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyadan ko‘zlangan maqsad – katalizatorlar, adsorbentlar, qattiq moddalar kimyosi, shuningdek, mineral, organomineral va bioo‘g‘itlar, yuvish vositalari kabi yangi noorganik moddalar va materiallarni ishlab chiqarishning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini muhokama qilishdan iborat.
Konferensiya doirasida Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi mutaxassis va olimlari tomonidan ma’ruzalar va mahorat darslari tashkil etildi.
Konferensiya davomida kofe-breyk va tanaffus tashkil etilib tashrif buyurganlar esdalik uchun kamera obyektiviga muhirlandi. Konferensiya o'z ishini sho'balarga bo'lingan holda davom ettiradi.