Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti "Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan TTJ da "Kafedra kunlari" tadbiri o'tkazildi. Tadbirda NMKTF dekan o'rinbosari N.Sh.Zulyarova, TTJBTIM bo'limi boshlig'i Z.Juraqulov, fakultet xotin-qizlar ishlari bo'yicha dekan maslahatchisi M.G.Bekmuratova, AFKK kafedrasi dotsenti X.S. Talipova, TTJ tarbiyach-pedagogi S.Mirzayeva, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi. "Kafedra kunlari" doirasida AFKK kafedrasi dotsenti X.S.Talipova tomonidan "Bugungi kunda qizlarni o'qitish-jamiyatda ayollar bilan bog'liq muammolar yechimining muhim omili" va "Og'il bola tarbiyalasang shaxs tarbiyalaysan. Qiz bola tarbiyalasang jamiyat" mavzularida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir davomida talabalar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi.