Toshkent kimyo-texnologiya instituti Axborot xizmati (matbuot xizmati) institut rektorati huzuridagi tarkibiy bo‘linma bo‘lib, uning asosiy vazifasi — institut faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilikni tezkor va xolis axborot bilan ta’minlash hamda institutning ijtimoiy nufuzini oshirishdan iborat. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari hamda institut Nizomi asosida olib boradi.
Axborot xizmati Toshkent kimyo-texnologiya institutining barcha fakultetlari, kafedralari, bo‘limlari va markazlari bilan hamkorlikda ishlaydi hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor muvofiqlashtiruvi ostida rektorga bevosita bo‘ysunadi.
Bo‘limning asosiy maqsadi – institut faoliyati, ta’lim jarayoni, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik, innovatsion ishlanmalar va ijtimoiy-ma’naviy hayotga oid dolzarb yangiliklarni jamoatchilikka tezkor, ishonchli va professional tarzda yetkazishdir. Axborot xizmati institutning brendini shakllantirish, ijobiy imidjini mustahkamlash, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini hayotga tatbiq etish hamda axborot kommunikatsiyalarini zamonaviy uslubda yo‘lga qo‘yishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Bo‘limning faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
· Axborot siyosatini shakllantirish va yuritish: institut rahbariyati tomonidan belgilangan axborot siyosatini ishlab chiqish, uni hayotga tatbiq etish, barcha axborot materiallarining yagona uslub va mazmunda bo‘lishini ta’minlash.
· Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik: milliy va xorijiy OAV bilan tizimli aloqalar o‘rnatish, institut faoliyatiga doir press-relizlar, maqolalar, intervyular, yangiliklar va tahliliy materiallarni e’lon qilish, jurnalistlar uchun matbuot anjumanlari, brifinglar va davra suhbatlarini tashkil etish.
· Rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarni yuritish: institutning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam ravishda yangilab borish, kontentni boyitish va foydalanuvchilar uchun qulay, dolzarb va ishonchli ma’lumotlar taqdim etish.
· Axborot monitoringi va tahlil: institut faoliyatiga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan materiallarni tahlil qilish, axborot oqimlari samaradorligini baholash hamda rahbariyatga tegishli ma’lumotlarni taqdim etish.
· Media mahsulotlar tayyorlash: institut tadbirlari, ilmiy anjumanlari va ta’lim jarayoniga oid foto va video materiallar tayyorlash, montaj qilish, saqlash va arxivlashtirish, shuningdek, ularni ommaviy axborot vositalarida hamda raqamli platformalarda targ‘ib etish.
· Axborot xavfsizligi va huquqiy masalalar: axborot tarqatish jarayonida shaxsiy ma’lumotlar va mualliflik huquqiga rioya etish, noto‘g‘ri yoki asossiz ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik.
· Krizis kommunikatsiyasi: favqulodda holatlarda institut pozitsiyasini tezkor va aniq axborot bilan yoritish, jamoatchilikni ishonchli manbalar orqali xabardor qilish.
Shuningdek, Axborot xizmati institutning ilmiy, ta’limiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini keng jamoatchilikka targ‘ib etuvchi media loyihalar, videoroliklar, intervyular va press-materiallarni tayyorlaydi. Bo‘lim faoliyati doirasida ijtimoiy tarmoqlarda instituti brendi ostida yuritiladigan sahifalarda talaba-yoshlar hayoti, o‘quv jarayoni, yutuqlar, grantlar, tanlovlar va xalqaro aloqalar haqida dolzarb ma’lumotlar yoritib boriladi.
Axborot xizmati institut imidjini mustahkamlash, ochiqlik siyosatini yuritish, jamoatchilik bilan o‘zaro ishonchli kommunikatsiyani shakllantirish, talaba va xodimlarning faolligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bo‘lim o‘z faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tayangan holda Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilg‘or tajribalarini, ilmiy salohiyatini va innovatsion g‘oyalarini keng ommaga yetkazishda yetakchi axborot markazi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" tadbiri o'tkazildi
Rektor va doktorantlar uchrashuvi bo'lib o'tdi