Toshkent kimyo-texnologiya institutining Registrator ofisi tarkibidagi “Xizmat ko‘rsatish (front office) bo‘limi” institut talabalariga akademik transkript, talabalik guvohnomasi, to‘lov shartnoma qog‘ozi va boshqa maʼlumotnomalarni taqdim etish, talabalarning buxgalteriyasi va marketing jarayoni bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish, talabalarga maslahatlar, savollariga javoblar berish, talabalarga turar joy masalalarini hal qilishda ishtirok etish va ularning muommolarini hal qilishda yordam berish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi
Institutda talabalar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish, xizmat ko‘rsatish sifati, tezkorligi va shaffofligini ta’minlash, akademik maʼlumotnoma va transkript, talabalik guvohnomasi, to‘lov shartnomalari va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlash jarayonini samarali tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek, ularning savollarga tezkorlikda javob berish va muammolarini yechimini topishda yordam berish.
1. Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlim boshligʻining lavozim vazifalari:
Xizmat koʻrsatish (front office) bo‘limida ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarishda ofis direktoriga koʻmaklashish;
Ofis direktori ish joyida boʻlmaganida uning lavozim vazifalarini vaqtinchalik bajarish;
Xizmat koʻrsatish (front office) bo‘limidagi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
talabalar uchun oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan xizmat turlarini tizim orqali tashkil qilish;
talabalarga o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quv jarayoniga tegishli ma’lumotlar, talabalarning elektron platformalardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish;
talabalarga ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishga ko‘maklashish;
Ofis tomonidan xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Ofis tomonidan marketing hamda buxgalteriya xizmatlari koʻrsatishni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish;
professor-oʻqituvchilar va talabalarga tizimga oid tegishli maslahatlar berish;
oʻquv dasturlaridagi farqlarni bartaraf etish maqsadida qayta oʻqishni tashkil qilish;
“HEMIS”, “Moodle” “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;
oliy taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan OTTning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini tashkil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash).
2. Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimi menejerlarining vazifalari:
2.1. Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
oliy taʼlim muassasasida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar, imtihonlar va fanlarni qayta oʻqish toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
“HEMIS” axborot tizimida talaba guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
talabalarga tegishli barcha ariza va tushuntirish xatlarini belgilangan tartibda qabul qilib olish hamda tegishli tartibda rasmiylashtirish uchun “Maʼlumotlar bazasi” boʻlimiga taqdim etish;
qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar Yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib HEMIS platformasida ro'yxat shakllantirish;
talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
talabalarning yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish;
ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va tavsiyalar berishga ko‘maklashish.
2.2. Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori boʻyicha:
grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
“Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
oliy taʼlim muassasasi tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda toʻgaraklarga a’zo bo‘lishlariga amaliy yordam koʻrsatish.
2.3. Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
oʻqishga qabul qilingan xorijiy talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
xorijiy talabalar uchun viza olishlarida ko‘maklashish;
xorijiy talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
xorijiy talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyishda ko‘maklashish;
xorijiy talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
xorijlik talabalarga oliy taʼlim muassasasidagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish;
qoʻshma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berish va talabalar orasida targʻibot qilish;
xorijda oʻqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovi va xorijiy e’lonlar haqida ma’lumot berish;
xalqaro reytinglar (QS, THE, Green Metric)da oʻrin egallagan oliy ta’lim muassasalari toʻgʻrisida talabalarga ma’lumot berish;
xalqaro forumlarda imzolangan bitimlar va bayonlar haqida talabalarga ma’lumot berish;
xorijiy tillarni oʻrganish kurslari haqida ma’lumot berish.
2.4. Buxgalteriya va marketing boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish;
“HEMIS” axborot tizimiga ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumot kiritish va olish;
bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish;
toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta oʻqishga shartnoma olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
stipendiya to'g'risida ma'lumotnoma berish;
akademik qarzdor talabalar uchun tashkil etiladigan qayta oʻzlashtirish oʻquv mashgʻulotlariga jalb qilingan professor-oʻqituvchilarning mehnatiga soatbay asosida haq toʻlash miqdorlarini hisoblash, tasdiqlash va hisobini yuritish.