Biz haqimizda

Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI, http://tkti.uz) - kimyoviy texnologiya (organik va noorganik moddalar, polimerlar, silikat va qiyin eruvchan materiallar, nodir va kamyob metallar kimyoviy texnologiyasi), oziq-ovqat texnologiyasi, neft va gazni qayta ishlash, ekologiya, biotexnologiya, enologiya, sellyuloza va yogʻochga ishlov berish texnologiyasi va b. yo‘nalishlar boyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Markaziy Osiyodagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1991-yil 6-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan. TKTI respublikada oliy texnik ta’lim darajasini oshirish, muhandislik va ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida 1929 yildan beri faoliyat yuritayotgan sobiq Toshkent politexnika institutining bir necha fakultetlari negizida tashkil etilgan. Institut o‘z faoliyati davomida mamlakatimiz kimyo, neft-gaz, oziq-ovqat, qurilish sanoati va iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari uchun 10 mingdan ortiq yuqori malakali muhandis-texnologlar tayyorladi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oʻzbekistondagi yetakchi kimyo-texnologiya oliy oʻquv yurtiboʻlib, oʻquv, ilmiy-tadqiqot, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiradi. Institut tuzilmasigaToshkent shahridagi Bosh kampus, Shahrisabz va Yangiyerdagi filiallar kiradi. Toshkent shahridagiBosh kampusda 5 ta fakultet, 24 ta kafedra, 6 ta ishlab chiqarish oʻquv markazlari va 12 ta ilmiylaboratoriyalar mavjud.

Institut to'rt yillik bakalavriat dasturlari, ikki yillik magistrlik dasturlari va fan doktori (PhD va DSc) dasturlari bo‘yicha akkreditatsiyadan o'tgan. Jami 29 ta bakalavriat dasturlari; 30 ta magistratura mutaxassisligi, 16 ta doktorantura; hamda halqaro dasturlar - 5 ta ikki tomonlama diplom berish bakalavriat dasturlari; 7 ta ikki tomonlama diplom magistratura dasturi, 1 ta qo‘shma doktorantura dasturi (“Cotutelle dasturi”) bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Institutda kunduzgi va sirtqi ta’lim turlarida 7800 nafar bakalavriat, 445 nafar magistratura va 139 nafar doktorantura talabalari taxsil oladi. TKTI da 400 dan ortiq professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyatini yuritadi, ulardan 5 nafari O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro Fanlar Akademiyalarining akademiklari va muxbir a’zolari, 266 nafari fan doktorlari va nomzodlari, falsafa doktorlari hisoblanadi. Institutda Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya va b. davlatlar etakchi universitetlaridan taklif etilgan xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan muntazam ravishda o‘quv seminarlari va ma’ruzalar tashkil etiladi. Bundan tashqari, Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oʻqituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazi va ilmiy darajalar berish boʻyicha ikkita ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash, “Asfalt-beton texnologiyasini modifikatsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma ilmiytadqiqot laboratoriyasi”, “Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil laboratoriyasi” faoliyat koʻrsatmoqda.