Toshkent kimyo-texnologiya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi

1.Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron my.edu.uz tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

2.Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

 - oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);

 - oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi;

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

  1. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish umumiy maksimal 100 ballgacha baholanadigan test sinovi shaklida, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga muvofiq (Matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili va h.k) joriy yilning 15-avgustidan 25-avgust kuniga qadar OTMda o‘tkaziladi.
  2. 4. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul abituriyentlar orasidan test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tasdiqlangan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlar doirasida amalga oshiriladi.

5.Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari joriy yilning 30-avgustiga qadar e’lon qilinadi.

  1. 6.Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasini (yoki diplomdan ko‘chirma (asl nusxasi) — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilovasini OTMga taqdim etadi.

7.Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan OTM o‘rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi.

  1. 8. Talabalarni o‘qishga qabul qilish shartnomada belgilangan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

9.Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’iy nazar, 2-kursdan boshlanadi.

ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 606-son Qarori https://lex.uz/uz/docs/5657199.

2023-2024 o‘quv yilidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha

ta’lim olish istagini bildirgan abiturientlarga kirish test sinovlari

2023-yilning 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

2023-2024 o‘quv yilida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning test sinovlari natijalari
Hujjat nomi
2023-2024 o‘quv yilida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning test sinovlari natijalari Yuklab olish