Texnikum bitiruvchilarini qabul qilish

Texnikum bitiruvchilarini o’qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi l7-son qarori bilan tasdiqlangan "Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom" asosida amalga oshiriladi.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi:

  1. Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar toifasi (texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar) xujjattopshiraoladi;
  2. Oliyta’lim, fanva innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali bitiruvchilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
  3. Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari o‘rganiladiva o‘rganish natijalari bo‘yicha bitiruvchiga xabar beriladi;
  4. Oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda Suhbat komissiyasini tuziladi;
  5. Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayonlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari hamda Suhbat komissiyalari tomonidan tashkil etiladi;
  6. Talabalikka tavsiya etilgan bitiruvchilar ro‘yxati oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadihamda ularga to‘lov-kontrakt blankalari beriladi;
  7. To‘lov-kontrakt shartlarini to‘liq bajargan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) tomonidan tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichiga talabalikka o‘qishga qabul qilinadi.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtixonlar 2023-yilning 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Nizom

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtixonlar

2023-yilning 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 32-uy.

Mo‘ljal: O'zbek Milliy akademik drama teatri.

Ro‘yxatga olishni boshlanish vaqti: soat 8-00.

Suxbat boshlanish vaqti: soat 9-00.

Suxbat o‘tkaziladigan joy: Toshkent kimyo-texnologiya instituti bosh binosi, kompyuter zali.

Izoh: Abiturientlar suxbatga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kelishlari, o'zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti yoki ID karta) olib kelishlari shart.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilari ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risida diplom (ilovasi bilan birga) yoki attestat nusxasi;
  • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 8 dona fotosurat;
  • fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi 3 ta.

Izoh:  Fuqarolik pasporti yoki ID karta shaxsan ko‘rsatiladi.

Texnikumlarni mufaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy talim muassalarining bakalaviryat talim yonalishlariga suxbat asosida oqishga qabul qilish tartibi tog'risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Техпikumlаrпi muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy tanlim muaýýaýalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga suhbat asosida ooqishga qabul qilish bo'yicha
Hujjat nomi
Texnikumlarni mufaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy talim muassalarining bakalaviryat talim yonalishlariga suxbat asosida oqishga qabul qilish tartibi tog'risidagi nizomni tasdiqlash haqida Yuklab olish
Техпikumlаrпi muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy tanlim muaýýaýalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga suhbat asosida ooqishga qabul qilish bo'yicha Yuklab olish