Ikkinchi mutaxassislik

Toshkent kimto-texnalogiya institudida mavjud ilmiy tadqiqot markazlari haqida ma’lumot.

Institut tuzilmasidagi har bir ilmiy tadqiqot markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-sonli, 2017 yil 27 iyundagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-sonli, 2019 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovasiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida” PQ-3698-sonli, 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3855-sonli, 2019 yil 11 iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4391-sonli Qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli, 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovasion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5544-sonli va “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5763-sonli Farmonlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyuldagi «Innovasion faoliyat to‘g‘risida» O‘RQ-630-sonli Qonuni va 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4805 sonli Prezident qaroriga muvofiq 2021 yil ochilgan.Hozirda faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqot markazlari ro’yhati bu yerda.

Qabul qilish talablari:

Umumiy qoidalar; Ilmiy tadqiqot markazlarida ilmiy ish olib bormoqchi bo’lganlar bakalavr ,magistr,doktorantlar ilmiy tadqiqot markazlari tegishli bo’lgan kafedralarda ta’lim olayotgan bo’lishi yoki boshqa institutga tegishli ilmiy izlanuvchilar institut rektorlari buyrug’iga asosan foydalana oladilar. Shu sababli ular institut rektoriga ariza bilan murojaat qilishlari kerak bo’ladi.

Minimal talablar; Ilmiy tadqiqot markazlariga qabul qilinish yoki tadqiqot olib borish uchun bakalavr , magistr yoki doktorant bo’lishi zarur.Har bir tadqiqotchi o’zi ta’lim olayotgan kafedra tadqiqot markazida izlanish olib bora oladi .

Sanalar va muddatlar; Har bir ilmiy tadqiqot markazi o’z imkoniyat salohiyatidan kelib chiqib nizomda belgilangan talablarga ko’ra tadqiqotchilarni qabul qiladi .Qabul har o’quv yilida 2 marta bahorda va kuzda bo’lib o’tadi.

So’rov yuborish; Institutda ta’lim olayotgan talaba,magistr va doktorantlar ilmiy markaz rahbariga yozma ravishda murojaat qilishi yoki boshqa institutda ta’lim olayotgan tadqiqotchilar esa institut rektoriga murojaat qilishlari kerak.

Shartnoma tuzish; Markazda izlanish olib borish uchun markaz nizomiga asosan tuziladi va bekor qilinadi.