Social networks

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA QUYOSH PANELLARINI O‘RNATISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash borasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning II-choragi yakuniga qadar institut hududiga jami 300 kVt quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki bosqichda institut professor-o‘qituvchilari va xodimlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida avtotransport vositalari to‘xtash uchun mo‘ljallangan hududga 150 kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Mazkur hududda avtotransport vositalari uchun tom qismiga quyosh panellari o‘rnatilgan zamonaviy avtoturargoh barpo etiladi.

Shuningdek, qolgan 150 kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellari esa institut binolarining tom qismiga o‘rnatilmoqda.

Mazkur quyosh panellari o‘rnatilishi natijasida yiliga 600 ming kVt elektr energiya ishlab chiqarilib, institutning yillik elektr energiyasi sarfi to‘liq qoplanishiga erishiladi.