Magistratura

Magistratura aniq mutaxassislik bо'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. Magistraturaga bakalavriat (birinchi sikl) yoki keng qamrovli (bakalavriat va magistratura) o'qishni tugatgan va OTM tomonidan belgilangan boshqa talablarga javob beradigan shaxslarni qabul qiladilar. Ta'lim dasturlari hajmi 120 ta o'quv krediti, kunduzgi o'qish muddati 2 yil. Bitiruv magistrlik disertatsiyasi himoyasi bilan yakunlanadi, bitiruvchilarga O'zbekiston Respublikasining tugallangan oliy ma’lumoti beriladi, hamda kasbiy faoliyat bilan shug'ullanish va/yoki doktoranturada (uchinchi sikl) tadqiqot o'qishni davom ettirish huquqini beradigan magistr darajasi beriladi. Institutda taqdim etiladigan magistratura programmalari ro'yxati bu yerda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.03.2015 yildagi 36-son

https://O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.06.2017 yildagi 393-son

Magistrlik o'quv dasturlari

Magistratura-bu ikkinchi darajali ta'lim bo'lib, unga birinchi bosqich (bakalavr) yoki sirtqi ta'lim to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan shaxslar o'zlarining maxsus yoki integratsiyalashgan ta'limlarida taklif etiladi. Universitetda 2022 yilda ikkinchi (magistrlik) ta'limning 20 dasturiga qabul qilinadi.

Qabul qilish shartlari

1. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

2. Tanlovga arizalar faqat veb-saytda onlayn (elektron ariza shakli) qabul qilinadi https://magistr.edu.uz

3. Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda:

- avgust oyidagi qabul — navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;

- yanvar oyidagi qabul — dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi

4. magistr.edu.uz platformasi orqali onlayn ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma:

5. Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyalari tomonidan har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.

6. Ariza topshirishda barcha kerakli ma'lumotlarni to'ldirish va kerakli hujjatlarning elektron nusxalarini taqdim etish majburiydir

7. https://magistr.edu.uz/profile da ma‘lumotnomani to‘ldirish va ariza topshirishda quyidagilar talab qilinadi:

- Shaxsiy ma'lumotlar

- Tugatgan ta‘lim muassasasi

- Mutaxassislikni tanlash

- Imtiyozlarni kiritish

8. Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat IELTS ≥5,5, TOEFL ≥72, CEFR ≥B2, TestDaF (TDN3) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi: Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi. https://magistr.edu.uz/#privilege ro’yxat shu yerda (word fayl bo’ladi)

10. O'zbek yoki ingliz tillaridan tashqari boshqa tillarda berilgan hujjatlar ushbu tillardan biriga tarjima qilinishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.

11. Agar shaxsda diplomni tan olish to'g'risidagi guvohnoma bo'lmasa, ta'limni tan olish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi: 1-bob. Umumiy qoidalar, 7-banda keltirilgan

Qo'shimcha ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin:

1. Xorijiy davlatda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun elektron ariza yuborish

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi "Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida"gi 620-son qarori

12. Institutda chet el fuqarolarini qabul qilish va o'qitish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar va o'quv dasturini tanlash bo'yicha maslahatlar Xalqaro aloqalar bo'limida ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha dush-juma kunlari taqdim etiladi.

Kirish sinovi umumiy va o’tish ballari

2021 Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:

magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bo‘yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);

chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani bo‘yicha sinov o‘tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);

Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (o‘zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bo‘lgan diapazonda yuzdan bir aniqlikda, o‘zlashtirgan fanlarining o‘rtacha bali orqali ifodalanadi) aniqlanadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida B2) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi

2022 1. Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida , ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi;

2. Bakalavriat diplom bali o’rtacha ko’rsatkichi yuqori abituriyentning TKTIga magistraturasiga kirish natijasi yuqoridir.

2024/2025-o'quv yili uchun magistratura qabul qilish parametrlari
Hujjat nomi
2024/2025-o'quv yili uchun magistratura qabul qilish parametrlari Ko'rish


07.04.2022 yildagi PQ-198 ga asosan stipendiyalar har oyning 5-sanasiga qadar to'lanishi belgilangan. Shu sababli har oyning birinchi ish kunida shu kunga qadar o'quv yilining birinchi semestri uchun kamida 50%, ikkinchi semestri uchun 100% stipendiyali kontrakt to'lagan talabalar ro'yxati fakultetlarga beriladi. Ushbu ro'yxat asosida mas'ul xodimlar tomonidan stipendiyali kontrakt miqdorini tegishli qismini to'lagan talabalarga stipendiya tayinlash buyruqlari chiqariladi. Ushbu buyruqlarga asosan bir semestr davomida talabalarga stipendiya to'lab beriladi.

31.01.2020 yildagi Vazirlar Mahkamasining 59-sonli qaroriga asosan barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho (reyting ko‘rsatkichi — 86 ball va undan yuqori) bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oshirilgan holda stipendiya to'lab berilishi belgilangan. Ushbu tartib davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga yangi semestr uchun stipendiya tayinlash buyruqlari bilan birgalikda tayinlanadi va to'lanadi. Kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar esa stipendiyali yoki stipendiyasiz kontraktning semestrlar bo'yicha tegishli qismini (o'quv yilining birinchi semestri uchun kamida 50%, ikkinchi semestri uchun 100%) to'laganda so'ng stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oshirilgan miqdorda stipendiya beriladi.

07.04.2022 yildagi PQ-198 ga asosan stipendiyalar har oyning 5-sanasiga qadar to'lanishi belgilangan. 31.01.2020 yildagi Vazirlar Mahkamasining 59-sonli qaroriga asosan davlat granti asosida tahsil oladigan talabalarga o'zlashtirish baholariga ko'ra stipendiya tayinlash buyruqlari chiqariladi. Ushbu buyruqlarga asosan bir semestr davomida talabalarga stipendiya to'lab beriladi.

Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq ayrim magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hududlar kesimida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari (oliy ta'lim muassasasi) bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda yetarli ball to‘play olmasdan talabalik safiga tavsiya etilmagan abiturientlar to‘plagan balli bilan umumiy tanlovda ishtirok etadilar. Maqsadli qabul bo‘yicha magistraturaga qabul qilingan talabalar o‘qishga kirgandan so‘ng “talaba – buyurtmachi OTM – va ta'lim olayotgan OTM” orasida buyurtmachi muassasasida o‘qishni tamomlagandan so‘ng kamida 5 yil ishlab berish ko‘zda tutilgan tegishli shartnoma tuziladi. Magistratura bo‘yicha maqsadli qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va tanlovda qatnashish uchun hech qanday tavsiyanoma talab etilmaydi.

Xorijiy oliy ta'lim muassasalarining magistraturasida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta'lim muassasalari bakalavr va magistrlari majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta'lim muassasalariga taqsimlanadi. Oliy ta'lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng amalga oshiriladi

Amaldagi qonunchilikka binoan, xorijiy fuqarolar o‘zlari tanlagan O‘zbekiston OTMga onlayn hujjat topshiradilar va OTM tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi. Shu munosabat bilan Siz o‘zingizni qiziqtirgan OTM veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz tavsiya etiladi.

Ariza qabul qilish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Barcha jarayonlarni magistr.edu.uz profilingizdagi «Ariza holati» bo‘limi orqali kuzatib borishingiz mumkin. Agar onlayn onlayn ariza topshirishda kamchiliklar mavjud bo‘lsa quyidagi hollarda rad qilinadi: Ariza rad qilindi – abiturient hujjat topshirgan OTM tomonidan ariza rad qilingandagi holat. Bunda, rad qilish sabablari izohda qoldiriladi. Ariza rad qilinganda abiturient tomonidan arizani tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Diplom rad qilindi - abiturient tomonidan kiritilgan diplom ma'lumotlarini bakalavr diplomini bergan OTM tomonidan sabablar ko‘rsatilgan holda rad qilinadi. Ariza rad qilinganda abiturient tomonidan arizani tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

“Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risida Nizom”ga muvofiq, agar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida davlat grantlari asosida o’qigan taqdirda, uning ishlab berish majburiyati kamida uch yil deb hisoblanadi.

O‘quv yili uchun respublika davlat OTM magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta'lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlangan (https://t.me/eduuz/5226). Mazkur ro‘yxatga ko‘ra “Kasb ta'limi (bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha)” yo‘nalishlari bo‘yicha bitirgan bakalavrlar ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh yo‘nalish mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnasha olishi belgilangan. Masalan, “Kasb ta'limi: iqtisodiyot” ta'lim yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchi “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta'lim yo‘nalishi, “Kasb ta'limi: Bino va inshootlar qurilishi” ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari esa “Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)” ta'lim yo‘nalishing mos va turdosh yo‘nalish mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda ishtirok eta oladi.