Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo va oziq-ovqat sanoati)

70711401 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati) magistratura mutaxassisligi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati  yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70711401 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati)magistratura magistratura mutaxassisligini muhandislik ishi sohasidagi mutaxassislik bo’lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘’itish; O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida; ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot va muassasa tashkilotlari; kimyo, neft-kimyo, oziq-ovqat, neft va gazni qayta ishlash, qurilish, metallurgiya, mashinasozlik, yoqilg’i-energetika va shu kabi sanoatlardagi turli xil texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, o’rnatish va sozlash, ulardan foydalanish bilan shug‘illanuvchi barcha sanoat korxonalari va biznes tashkilotlari majmuini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo va oziq-ovqat sanoati)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998935353735
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998935353735
  • E-Pochta: iabk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 32

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Tizimli tahlil, matematik modellashtirish va yechim topish Ko'rish
  • Tizimli tahlil, matematik modellashtirish va yechim topish
  • Loyiha boshqaruvi Ko'rish
  • Loyiha boshqaruvi
  • Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Yashil iqtisodiyot
  • Boshqarish tizimlarida sun'iy intellektni qo'llash Ko'rish
  • Boshqarish tizimlarida sun'iy intellektni qo'llash
  • Boshqarish tizimlarini loyihalash va tadbiq etish Ko'rish
  • Boshqarish tizimlarini loyihalash va tadbiq etish
  • Hisoblashning sonli usullari Ko'rish
  • Hisoblashning sonli usullari
  • Taqsimlangan boshqarish tizimlarini loyihalash / Ko'rish
  • Taqsimlangan boshqarish tizimlarini loyihalash /
  • Dasturlanuvchi kontrollerlarni sintez qilish Ko'rish
  • Dasturlanuvchi kontrollerlarni sintez qilish

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish) sohasiga oid nazariy, amaliy, ilmiy matematika, fizika, elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar, texnik tizimlarni boshqarish va axborot texnologiyalari tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Texnologik jarayonlarni tizimli tahlil qilish, matematik modellashtirish va model orqali jarayonlarni boshqarish usullarini va matematik modellarni tuzishning umumiy tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning nazariy va amaliy asoslari va tushunchalarini tushuntira oladi, boshqarish tizimlarining tarkibi va uni tashkil etuvchi elementlarni o’rganadi, shuningdek, SISO va MIMO tizimlari, Zigler-Nikolson tebranish metodlari, raqamli boshqarish tizimlari prinsiplari va boshqarish tizimlarida qо‘llaniladigan informatsion tizimlar va ularning sinflanishi haqida tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Texnik-texnologik obyektlarni sun’iy intellekt asosida boshqarish tizimlarini kompyuter yordamida tadqiq qilish uchun kerakli bilim va kо’nikmalarni shakllantirishdan, talabalarni tajriba ma’lumotlari natijalari asosida obyekt va boshqarish sistemalarining optimallashtirish, matematik modellar qurish va ularning baholash algoritmlarini tuzish usullarini tushuntira oladi;
  • Texnologik jarayonlarni optimal va adaptiv boshqarish tizimlarini tahlil qilish, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (SCADA) tizimlarini loyihalash hamda texnik-dasturiy ta’minotini ishlab chiqish tamoyillarini tushuntira oladi.