Bakalavr

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi 393-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi. Unga ko’ra, Oliy ta’lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.

Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.Abituriyentlarni ro’yxatga olish 2022-yil my.dtm.uz platformasi yoki my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirildi. Ro‘yxatga olish 2022-yil 20-iyundan 20-iyulga qadar amalga oshirilgan.

Abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori va 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq quyidagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etilgan:

− test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;

− nogironligi bo‘lgan shaxslar;

− to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);

− “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

− “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;

− imtiyoz asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan abituriyentlar.

 Qolgan abituriyentlar uchun test sinovi pullik sanaladi(2022-yil uchun 150000 so’m).

 Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan. Ushbu fanlar majmuasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

 Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 189 ball beriladi.

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.

Test sinovining bunday shakli sirtqi, kechki va xorijdan ko’chirayotganlarga ham bir xil shaklda bo’ladi.

MAVJUD YO'NALISHLAR

2024/2025-o'quv yili uchun bakalavriatining sirtqi ta’lim qabul qilish parametrlari
2024/2025-o'quv yili uchun bakalavriatining kechki ta’lim qabul qilish parametrlari
2024/2025-o'quv yili uchun bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli qabul parametrlari
Hujjat nomi
2024/2025-o'quv yili uchun bakalavriatining sirtqi ta’lim qabul qilish parametrlari Ko'rish
2024/2025-o'quv yili uchun bakalavriatining kechki ta’lim qabul qilish parametrlari Ko'rish
2024/2025-o'quv yili uchun bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli qabul parametrlari Ko'rish


2021/2022 o‘quv yiliga xotin-qizlar uchun jami 2000 ta alohida davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari hududlar kesimida ajratildi. Ushbu qabul ko‘rsatkichlariga tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori ball to‘plaganlari qabul qilinadi. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan ammo ajratilgan alohida davlat grantiga tavsiya etilmagan xotin-qizlar test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari bilan tanlagan beshtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga umumiy tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Oliy ta'lim muassasalarida o‘z hisobidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha ta'lim olgan bitiruvchilar o‘z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin. Bunda, bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta'lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlangan oliy ta'lim muassasasining taqsimot komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar ham 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Faqatgina ushbu tavsiyanoma bo‘yicha imtiyoz birinchi tanlangan ta'lim yo‘nalishiga nisbatan tatbiq etiladi. Agar talaba test sinovi natijalariga ko‘ra imtiyozi bo‘yicha birinchi ta'lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilmaganda, to‘plagan bali bilan tanlangan barcha ta'lim yo‘nalishlariga umumiy tanlovda ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish oliy ta'lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda, xorijiy fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan oliy ta'lim muassasasining sayti orqali abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tadi.

2021/2022 o‘quv yiliga harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun oliy ta'lim muassasalari hamda ta'lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) kesimida alohida qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturient sirtqi ta'lim shakli uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichiga da'vogar bo‘lishi mumkin

Fuqaroligi yo‘q shaxslarni bakalavriatga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, Sizdan o‘zingizni qiziqtirgan oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Respublika OTMning sirtqi va kechki ta'lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati har yili Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 2021/2022 o‘quv yili uchun tavsiyanoma berish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng, Siz faoliyat ko‘rsatayotgan bankning respublika bosh ofisi tomonidan berilgan tavsiyanomaga asosan suhbat asosida imtihonlarsiz, tabaqalashtirilgan kontrakt bo‘yicha o‘qishga kirishingiz mumkin. Ma'lumot uchun: 2020/2021 o‘quv yili uchun tavsiyanoma berish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar ro‘yxatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari nazarda tutilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17 iyundagi “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4359-son (lex.uz/docs/-4380357) qarorining 6-bandiga muvofiq, oliy ta'lim muassasalariga 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan yo‘nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta'lim shaklida o‘qitishni tashkil etish huquqi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq respublika oliy ta'lim muassasalariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil stajiga ega bo‘lgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab mos ravishda har yili amalda belgilanadigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 baravari miqdorida belgilangan.

Xorijiy fuqarolar o’qishga faqat to’lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to’lovlarini xorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Xorijiy fuqarolar o’qish uchun to’lovlarini chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to’lov kunida belgilangan kurs asosida milliy valyutada amalga oshiradilar. Shu bilan birga xorijiy fuqarolar to’lov amalga oshirilganligi to’g’risidagi bank to’lov topshiriqnomasi yoki kvitantsiyasi bilan birga O’zbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to’g’risida sertifikatni ham topshiradilar. O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo’lgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno. Ular to’lovlarni chet el valyutasi ekvivalentida, Markaziy bank tomonidan to’lov kunida belgilangan kurs asosida, milliy valyutada amalga oshiriladilar. Ulardan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlanganligi to’g’risidagi sertifikat talab etilmaydi.

Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli ( lex.uz/docs/-1380636 ) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolarning hujjatlari O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda ya’ni bakalavriatga kirish uchun 20 iyundan 20 iyulga qadar, magistraturaga kirish uchun 1 iyuldan 30 iyulga qadar qabul qilinadi. O’rnatilgan tartibga binoan xorijiy fuqarolar hujjatlarini tegishli oliy ta’lim muassasasining Qabul komissiyasiga to’g’ridan-to’g’ri topshirishlari kerak. Xorijiy fuqarolar bakalavriatga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan har yili 1 avgust kuni o’tkaziladigan test sinovlari natijalari asosida qabul qilinadilar. Magistraturaga esa oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda tahminan 1-10 avgust oralig’ida tashkil etiladigan kirish imtihonlari natijasi asosida qabul qilinadilar. Xorijiy fuqarolarni talabalar safiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining qarori asosida test sinovlari (bakalavriat uchun) yoki kirish imtihonlari (magistratura uchun) natijalariga ko’ra amalga oshiriladi.