Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)

60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (Oziq-ovqat xavfsizligi) ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (Oziq-ovqat xavfsizligi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI DUK”, “AGROKIMYO” MCHJ korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud muammolarga yechim topish maqsadida ilmiy yo’nalishlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertatsiya mavzulari berilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi, ishlab chiqarishda texnik kimyoviy, sanitariya nazoratlari me’yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini tekshirish usullari o’rgatiladi va zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlash hamda chiqitsiz texnologiyalar xavfsizligini oshirishga yo’naltirilgan.

Kunduzgi ta'lim dasturi haqida
Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)
Sirtqi ta'lim dasturi haqida
Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)

Sirtqi ta'limga kirish talablari

Sirtqi ta'lim shakliga kirish talablari kunduzgi ta'lim shakliga kirish talablari bilan bir xil

Kundizgi ta'limga kirish talablari

Toshkent kimyo-texnologiya institutining "60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (Oziq-ovqat xavfsizligi)" bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat kirish imtihonlari asosida qabul qilinadi

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Sirtqi ta'lim uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7472634 so'm
  • Sirtqi ta'lim uchun 1 kredit miqdori 124543 so'm

  • Kunduzgi ta'lim uchun 1 yillik kontrakt miqdori 6412610 so'm
  • Kunduzgi ta'lim uchun 1 kredit miqdori 106876 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998971579687
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998971579687
  • E-Pochta: gskmtk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 32

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • О‘zbek (rus) tili Ko'rish
  • О‘zbek (rus) tili
  • Umumiy va noorganik kimyo Ko'rish
  • Umumiy va noorganik kimyo
  • Xorijiy til Ko'rish
  • Xorijiy til
  • Fizika Ko'rish
  • Fizika
  • Oliy matematika Ko'rish
  • Oliy matematika
  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi Ko'rish
  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari Ko'rish
  • Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
  • Biokimyo Ko'rish
  • Biokimyo
  • Mikrobilogiya Ko'rish
  • Mikrobilogiya
  • Organik kimyo Ko'rish
  • Organik kimyo
  • Metrologiya va standartlashtirish Ko'rish
  • Metrologiya va standartlashtirish
  • Analitik kimyo Ko'rish
  • Analitik kimyo
  • Ishlab chiqarishda sanitariya va gigiyena Ko'rish
  • Ishlab chiqarishda sanitariya va gigiyena
  • Oziq-ovqat kimyosi Ko'rish
  • Oziq-ovqat kimyosi
  • Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari Ko'rish
  • Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
  • Oziq-ovqat xomashyosi Ko'rish
  • Oziq-ovqat xomashyosi
  • Ovqatlanish fiziologiyasi Ko'rish
  • Ovqatlanish fiziologiyasi
  • An'anaviy va innovatsion nutritsiologiya Ko'rish
  • An'anaviy va innovatsion nutritsiologiya
  • Oziq-ovqat mahsulotlar tahlili Ko'rish
  • Oziq-ovqat mahsulotlar tahlili

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Ishlab chiqarilayotgan va Respublikamiz hududiga olib kirib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz va inson salomatliga foydali ta’sir ko‘rsata oladigan xususiyatlarini ochib berish hamda oziq-ovqat tovorshunosligiga asoslangan holda tavsiflangan har bir oziq-ovqat mahsulot turlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar orqali baholay olish bilim ko‘nikmalarini tushuntira oladi;
  • Kimyoviy reaksiyalar tamoyillarini, kimyoviy kinetikasini, organik va noorganik birikmalarning tuzilishini, stereokimyo asoslarini tavsiflay oladi; instrumental kimyo va elektrokimyo, ularning oziq-ovqat sanoatida qo‘llanilishini tushuntira oladi;
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolarining tasnifi, turlari va kimyoviy tarkibi bilan tanitish, oziq-ovqat xom ashyolarining texnologik jarayonlari ta’sirida o’zgarishi, xomashyo sifatini saqlab qolish usullari hamda uzoq muddatga saqlashdagi chora-tadbirlari haqida tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Oziq – ovqat xavfini yuzaga keltiruvchi kontaminantlar, ularning turlari haqida, oziq – ovqat xomashyosi va mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy va biologik yot jinsli moddalar, oziq- ovqat qo‘shimchalari, GMO lar orqali kelib chiqadigan oziq – ovqat xavfi. Ularni oldini olish va kamaytirish chora – tadbirlarini ishlab chiqish  malakasiga ega;
  • Oziq-оvqаt хоm аshyosi vа tаyyor mаhsulоtlаrning аniqlаngаn хаvfsizlik mеzоnlаri ko’rsаtkichlаri vа ulаrni nаzоrаt qilish tizimini, qo’llаnilаdigаn fizik-kimyoviy usullаrini bеlgilаsh, eksprеss usullаrini bаrpо etish vа оlingаn nаzоrаt ko’rsаtgichlаrni to’g’ri tахlil qilishni tushuntira oladi.